4- ma’ruza Elektryoyi va elektr yoyining xususiyati. Reja: O’zgaruvchan va o’zgarmas tok yoylarini o’chirish sharoiti. Past kuchlanishli yoylarni o’chiruvchi qurilmalarning tuzilishi. Elektr zanjirlarni elektr yoysiz o’chirish


Download 0.71 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1522100
1   2   3   4   5
Bog'liq
4- ma’ruza

Agar tok va kuchlanish za 4-jadvaldagi qiymatlardan yuqori bo’lsa, unda quyidagi xossalarga ega bo’lgan yoyi ko’rinishidagirazryadgao’tish fazasidir: 1. Razryad yoyi faqat nisbatan katta toklarda bo’ladi. Yoyning minimal toki jadvalda keltirilgan va metallar uchun taxminan 0,5 A-ga teng. 2. Yoyning markaziy qismida harorat juda ham yuqori va 6000 ─ 25000 K-ga yetadi. 3. Yoy razryadi paytida katoddagi tok zichligi favqulodda katta va 102─ 103 A/mm2-ga yetadi. 4. Katod yonida kuchlanish tushuvi bor-yo’g’i 10 ─ 20 V bo’ladi va amalda tokning o’zgarishiga bog’liq emas.

Yoy razryadida uchta xarakterli sohalarni farqlash mumkin: ─ katod atrofi sohasi, ─ yoy ustuni sohasi, ─ anod atrofi sohasi. Bu sohalarning har birida ionizatsiya va deionizatsiya jarayonlari turlicha kechadi. a) Katod atrofi sohasi.Uzunligi 10─6m-dankattabo’lmaganfazoniegallaydi. Katod yonida musbat ionlar tomonidan yaratiladigan musbat hajmiy zaryad yuzaga keladi, bu musbat hajmiy zaryad bilan katod o’rtasida kuchlanganligi 107V/m-gacha bo’lgan elektr maydoni hosil bo’ladi. Elektr maydonida katoddan chiqqan va elektr tokini yuzaga keltirgan elektronlar harakatlanadi. Elektr maydoni elektronlargi ta’sir qilib, ularning harakatini tezlashtiradi. Bunday elektron neytral zarracha bilan o’zaro to’qnashib, ionizatsiya yuzaga kelishi mumkin, buning uchun esa elektron ma’lum bir energiyaga ega bo’lishi shart.

Ionizatsiyaga zarur bo’lgan energiyani olishi uchunelektron o’tishi kerak bo’lgan Uikuchlanishi (tezlashtiruvchi kuchlanish) ionizatsiya potentsiali deyiladi. Gazlar uchun bu potentsial 24,58 V (geliy)dan 13,3 V (vodorod)gacha o’zgarib turadi. Metallarning bug’lari o’ta kichik ionizatsiya potentsialiga ega, masalan mis bug’lari uchun ionizatsiya potentsiali 7,7 V-ga teng.Musbat ionlar, xuddi elektronlardek elektr maydoni ta’sirida tezlashadi, biroq massasi katta bo’lgani uchun tezligi pastroq bo’ladi. Musbat ionlarneytral zarracha bilan to’qnashganda energiyaning kichik qismi ionizatsiyaga beriladi, shu bilan ionizatsiya asosan elektronlar hisobiga amalga oshadi (turtkili ionizatsiya).


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling