Past kuchlanish elektr apparatlarida eng ko’p tarqalgani ─ bu yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan yoyga chidamli devorlarlarda hosil qilingan tor teshikli yoy o’chirgich qurilmalar. Bunda yoy ustuni yoy o’chirgich qurilmaning devorlarida deformatsiyalanadi, uning kesimi esa to’g’ri to’rtburchak shaklini oladi. Sovutish effektivligini oshirish uchun yoriq (teshik) ning kengligi δ yoy diametric dd dan kichik qilinadi. Bundan tashqari yoyning yoriqqa tortilishi davomida u zigzag shaklini oladi. Bunda yoy uzunligi va undan olib ketilayotgan issiqlik ortadi. Yoyning siljishi magnit maydoni ta’sirida amalga oshadi. Elektr yoyi mohiyatan tokli o’tkazgichdir, u magnit maydoni bilan o’zaro ta’sir kilishi mumkin. Magnit maydoni va yoy tokining o’zaro ta’sir kuchi yoyni jildiradi, «magnit puflashi» deb ataladigan holat yaratiladi. Magnit maydoni kommutatsiyalanadigan zanjir bilan ketma-ket yoki parallel ulangan g’altak tomonidan hosil qilinadi. 3. Elektr zanjirlarni elektr yoysiz o’chirish. 5-rasmda qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelni boshqarish uchun apparat ko’rsatilgan. Kuch tiristorlari bloki B1 tarmoq va dvigatel orasiga ulangan. VS1, VS2, VS3, tiristorlarini boshqarish B2 boshqarish blokidan amalga oshiriladi. B2 boshqarish blokida kuch tiristorlari uchun ishga tushirish impulslari ishlab chiqariladi. Agar B2 ishi to’xtasa, ishga tushirish impulslariham to’xtaydi va tokning nul orqali o’tishida kuch ventillari yopiladi, dvigatel toksiz qoladi. B3 bloki dvigatelni faza yo’qolishidan, B4 bloki tokning o’ta yuklanishida dvigatelni uzadi. Tiristorlar asosida yarim o’tkazgichli o’chirgichlar (vыklyuchatellar) yaratilishi mumkin, ularning yordamida tokning nul orqali o’tishidan avval zanjir o’chiriladi. Buning uchun majburiy kommutatsiya sxemalari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |