4 – Ma’ruza Mavzu: Ishqalanish kuchi ta’siridagi jismlarning muvozanati
Download 97.08 Kb.
|
4-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5 § Dumalab ishqalanishga "Ishqalanish: dumalab:"
5- masala. Lentali tormozning DE richagiga (60- shakl) -kuch qo‘yilgan bo‘lsin. Agar CD=2CE va lentaning shkivga ishqalanish koeffitsienti f0=0,5 bo‘lsa, raliusi R ga teng bo‘lgan shkiv qo‘yilishi kerak bo‘lgan tormozlovchi momentning qiymati aniqlansin.
Echish. AB lenta yopishgan shkivning A nuqtasiga R=2F bo‘lgan R kuchi va B nuqtasiga (12.9) formula orqali hisoblangan Q kuchi qo‘yilgan bo‘lsin. Ushbu masalada f0=0,5 va a=5p/4=3,93 rad. Demak, Izlanayotgan momentning qiymati, Mt=(R-Q)R=1,72FR Qanchalik Q kuchi kichkina bo‘lsa va qanchalik ishqalanish koeffitsienti f va burchak a -katta bo‘lsa, shunchalik tormozlash momenti katta bo‘ladi. 6.5 § Dumalab ishqalanishga "Ishqalanish: dumalab:" Bir jismning ustida, ikkinchi bir jism dumalab harakatlanishiga qarshi bo‘lgan kuch, dumalab ishqalanish qarshilik kuchi deb ataladi. 61- shakl. Radiusi R-ga teng bo‘lgan tsilindrik g‘ildirak, g‘adir-budur gorizontal tekislik ustida to‘xtab turgan bo‘lsin. G‘ildirakning markaziga (61-a shakl) Fcheg dan kichikroq miqdordagi kuchni qo‘yaylik. U holda A nuqtada son qiymati -ga teng bo‘lgan ishqalanish kuchi - paydo bo‘lib, g‘ildirakni tekislik ustida sirpanishiga qarshilik ko‘rsatadi. Agar normal reaktsiya kuchi - - ni ham A nuqtaga qo‘yilgan deb hisoblasak, u kuch og‘irlik kuchi R bilan o‘zaro muvozanatlashib qoladi. va kuchlari esa g‘ildirakni aylantiruvchi juft kuchlarga aylanib qoladi. shakldan ko‘rinib turganidek, bunday holatda har qanday kichkina Q kuch ham g‘ildirakni aylantira olishi mumkin bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bunday holat aslo ro‘y bermas ekan. Buning sababi shundaki, g‘ildirak bilan tekislik deformatsiyalanishi oqibatida bir nuqtada emas, balki ma’lum AB yuzacha orqali tutashadilar (61- b shakl). Q kuchning ta’sirida A nuqtadagi bosim kuchi kamayib, B nuqtadagi bosim ortib boradi. Natijada tekislikning reaktsiya kuchi N yo‘nalishi o‘zgarmagan holda u o‘ziga parallel ravishda harakat tomonga qarab siljiy boshlaydi. -ning qiymati ortib borgan sari siljish orta boradi va nihoyat tegishli k - masofaga etadi va g‘ildirak aylana boshlaydi. Shunday qilib, chegaraviy holatda g‘ildirakka ikkita juft kuch ta’sir qiladi, ularning birinchisi cheg, bo‘lib uning momenti R×Qcheg, ikkinchisi esa muvozanatlovchi , juft bo‘lib, uning momenti N×k -ga teng. Aylantiruvchi va qarshilik qiluvchi momentlar, chegaraviy holatda o‘zaro teng bo‘ladi, ya’ni Qcheg×R= N×k yoki Qcheg= kN/R (6.5) Q cheg qanoatlansa g‘ildirak muvozanat holatda bo‘ladi; Q>Qcheg bo‘lgandan keyin g‘ildirak aylana boshlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling