4- ma’ruza. Mavzu: Mashinalar loyihalashning asosiy tamoyillari


Download 175.28 Kb.
bet2/9
Sana20.12.2022
Hajmi175.28 Kb.
#1039915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Маъруза

Konstuktiv vorislik - ushbu mashina yoki jihozni loyihalashda to‘plangan barcha tajribadan foydalanish. Chunki har bir mashina, uning har bir qismi konstruktorliklarning bir necha avlodlari mahsuli bo‘lib, har bir tuzilmada avvalgidan eng ma’qul va progressivlari ishlatiladi.
Konstruktiv vorislik loyihachidan texnik vazifa va prototipga tanqidiy ko‘z bilan yondashishni talab qiladi. Loyihachidan mashina qo‘llanadigan sohani, uning shart - sharoitlarini, qo‘llanadigan jihozlarini chuqur bilishlikni talab qilinadi.
Ushbu usuldan foydalanishda ma’lumotnoma-al’bomlar, texnik adabiyot va patent ma’lumotlardan, izlanish, ilmiy-tadqiqot ishlar bilan tanishish katta ahamiyatga ega.
Konstruktiv vorislik u yoki bu ma’lum mashina tizimsini yangi mashinaga qo‘llash emas, chunki yaratilayotgan konstruksiyada yangi texnik yechimlarni (konstruktorlik materiallarni, tayyorlash texnologiyasini, komplektlovchi buyumlarni va hakazo) qo‘llashni rejalash demakdir.
Konstruktor dunyo qarash va faqat o‘zining tarmog‘i bilan chegaralanmasligi kerak, turdosh va mutlaqo uzoq bo‘lib ko‘rinadigan sohalardagi yangiliklar bilan doimiy tanishib turish kerak.
Mashhur injener P.I. Orlov so‘zi bilan aytganda "yangi mashinani yaratayotganda konstruktor oldinga qarashi, orqaga nazar tashlashi va atrofga alanglab qaramog‘i kerak".
Transformatsiya va inversiya usullari tizim yoki elementlar funksiyalarini tubdan o‘zgartirishni yoki qarama-qarshisiga almashtirishni ko‘zda tutadi. Bu usullar jihozlarni konstruksiya qilishda keng qo‘llaniladi. Ushbu usullarni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin.
Sanoatda valikli mashinalar keng tarqalgan bo‘lib, eng sodda ko‘rinishda ular ikkita qarama-qarshi harakat qiladigan valiklardan tashkil topgan. (4.1-rasm)
B u mashinani turli texnologik jarayonlarda qo‘llash mumkin:

  • -valkali maydalagich sifatida parchali materiallarni maydalashda; - materiallarni presslash va prokatka qilishda va boshqa.



Download 175.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling