4- ma’ruza. Mavzu: Mashinalar loyihalashning asosiy tamoyillari
Download 175.28 Kb.
|
4-Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekpluatatsion ishonchlilik
Resurs - texnik hujjatlarda izohlangan mashinaning oxirgi holatga kelguncha qadar bajaradigan ishi. O‘rtacha resurs, birinchi ta’mirlashgacha bo‘lgan resurs, ta’mirlashlar oraligidagi resurs (odatda, birinchi ta’mirlashgacha bo‘lgan resursdan kam bo‘ladigan resurs) va belgilangan resurs (gamma-% resurs) lar bo‘ladi. O‘rtachaa resurs - resursning matematik kutilmasi: belgilangan resurs- ob’yektning jami bajaridigan ishi bo‘lib, ob’yekt shuncha hajmdagi ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng, uning ahvolidan qat’iy nazar, undan foydalanishni to‘xtatish kerak. Bu resurs ko‘pincha xavsizlik yoki tejamkorlik nuqtai-nazaridan kelib chiqib, masalan, aviatsiya dvigatellari uchun uchishlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida belgilanadi. Ta’mirlashgacha o‘rtacha resurs - qurilma ishlatila boshlaganidan to birinchi ta’mirlashgacha bo‘lgan o‘rtacha resurs.
Ta’mirlash orasidagi o‘rtacha resurs - ketma-ket bajariladigan ta’mirlashlar orasidagi resurs. Gamma- % resurs, deb resursning belgilangan qiymatiga aytiladi. Mashinalar belgilangan miqdori (gamma%) ana shu resursdan katta bo‘lishi kerak. Ushbu resurs chidamlilikning asosiy meyor belgilovchi ko‘rsatkichidir. Hozirgi vaqtda mashinalar uchun 80% resurs qo‘llanilmoqda (sinash yoki kuzatish chog‘ida mashinalar 80% ning resursi belgilangan resursdan ortiq bo‘lishi kerak). Mashinadan foydalanishning o‘rtacha solishtirma narxi quyidagiga teng: ; Bu yerda, Sd - yangi detal narxi, sum; Sk.t. - detalni qayta tiklash narxi, sum; Pa mashinaning to‘liq resursi mobaynida uni almashtirishlar soni; Tt.k.- Tt.o.- detalning ta’mirlashga qadar va tamirlashlar oraligidagi haqiqiy resurslari. Mashina chidamliligini oshirishning konstruktiv, texnologik va ekpluatatsion usullari mavjud. Ekpluatatsion ishonchlilik - Mashinaning ishonchliligi quydagi belgilardan kelib chiqadi: yuqori umrboqiylik, uzilishsiz ish, avariyasizlik, harakatlar stabilliligi (boshlang‘ich parametrlarini pasaytirmay ishlash va ortiqcha kuchlanishlarga chidamlilik), xizmat ko‘rsatish va qarash operatsiyalari ozligi, xizmat ko‘rsatish oddiyligi, pishiqlik (bazi buzuqliklarga karamay past parametrlarda bo‘lsa ham ishni davom ettirish) buzuqliklarni tuzatish mumkinligi, remontlararo muddatlarning uzoqligi, remont ishlari hajmining ozligi. Ishonlilikning belgilovchi belgilarning ko‘pligidan bitta kriteriya belgilash qiyin. Ko‘proq mashina ishonchliligini aniqlashda uning majburiy to‘xtashini tushunchasidan kelib chiqishadi. Mashina ishonchliligini quydagilar bilan xarakterlash mumkin: tez buzilishlar, buzilishlar orasida mashina ishining davomiyligi, xizmat davrida buzilishlar ko‘plik qonuninig o‘zgarishi: buzilishlarning darajalari: ishlarning hajmi, va bahosi uzunligi mashinaning majburiy bekor turish davomiyligini bekor turish koeffitsenti bilan xarakterlaydi: Mashinaning to‘g‘ri ishlash davomiyligini bo‘zuqmaslik koeffitsenti bilan xarakterlaydilar: Buzilishlar darajasiga ko‘ra yengil, o‘rta, og‘ir bo‘ladi. Yengil buzuqlik - xizmat ko‘rsatuachilar tomonidan bartaraf etiladigan mayda buzuqliklar. O‘rtacha buzuqlik - ta’mirlovchilarni jalb qilib qisman razborka qilish, detallarni almashtirish yoki tuzatish uchun mashinani to‘xtatishni talab qiluvchi buzuqliklar. Og‘ir buzuqliklar - ta’mirlash uchun uzoq muddatga mashinani to‘xtatib qo‘yishga to‘g‘ri keladigan uning asosiy organlari buzuqliklari yoki avariyalar. Buzuqliklar kelib chiqishiga ko‘ra konstruktiv va texnalogik difektlar, noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilish yoki favqulotda bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri ekspluatatsiya deganda mashinaga extiyotsizlik bilan qarash, ekspluatatsiya qoidalarini bo‘zish, rejimlarga rioya qilmaslik, boshqarish operatsiyalari ketma-ketligini bo‘zish xavfsizlik texnalogiyasiga amal qilmaslik va boshqalar nazarda tutiladi. Noto‘g‘ri ekspluatatsiya bog‘liq buzuqliklarning ko‘plarini to‘la asos bilan konstruktiv diffektlardan ,deb bilish mumkin. To‘g‘ri konstruksiyada mashinani xavfli ortiqcha kuchlanish rejimlarida ishlashi oldi olingan bo‘lishi, noto‘g‘ri ulash mumkinligi xavfi yo‘q bo‘lishi va unga qarash sifatining ishonchliligiga ta’siri minimumga keltirilgan bo‘lishi kerak. Mashinalarning buzilmasdan ishonchli ishlashini baholash ko‘rsatkichlari quydagilardan iborat: ishlamay qolgunga yoki bir marta ekspluatatsion ishlamay qolgunga qadar bajariladigan ish, bajarilgan ish birligi (ishlamay qolish); ishlamay qolishlar oqimi parametri yoki ekspluatatsion ishlamay qolishlar oqimi parametri (ekspluatatsion ishlamay qolishlar chastotasi yoki tezligini ifodalaydi) - ishlamay qolish (bajarilgan ish birligi); buzilmasdan ishlash ehtimolligi. Ishlamay qolishlar oqimining parametri foydalanish chog‘ida mashinalar ishlamay qolishlarining umumiy hisobidan chiqariladi bunda ularning faqat paydo bo‘lish onlari qayd qilinadi. Buzilmasdan ishlash ehtimolligi: belgilangan bajariluvchi ish doirasida ko‘rib chiqilayotgan ob’yektning ishlamay qolishi yuz bermaydi (vaqt funksiyasi). Download 175.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling