4- ma’ruza. Mavzu: Mashinalar loyihalashning asosiy tamoyillari
Mashinalar loyihalashning asosiy bosqichlari
Download 175.28 Kb.
|
4-Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2 Loyihalashning protsedura modeli (logik sxemasi).
Mashinalar loyihalashning asosiy bosqichlari. Davlat standarti sanoatning barcha tarmoqlari mahsulotlari uchun konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish 5 ta bosqichini belgilab beradi: texnik topshiriq, texnik taklif, eskiz loyihasi, texnik loyihasi va ishchi hujjatlarini ishlab chiqish.
Konstruktorlik hujjatlari tayyorlash jarayonida loyiha sekin-asta aniqlashib boradi va ishchi hujjatlarini ishlab chiqishga yaqinlashtiradi. Mana shu ishchi hujjatlar bo‘yicha buyum ishlab chiqariladi. Loyihalash jarayonining ko‘p bosqichliligi topshiriqning murakkabligi va qabul qilinayotgan yechimlar sifatiga qo‘yilayotgan talabning yuqoriligini ko‘rsatadi. Chunki xatolarni ishlab chiqarish jarayoni davomida to‘g‘rilashga to‘g‘ri keladi. Bu esa vaqt va vositalarning no o‘rin qo‘shimcha sarflanishiga olib keladi. Texnik topshiriq o‘z ichiga mashinaning nima ish bajarishga mo‘ljallanganligi texnik xarakteristikasi, sifat ko‘rsatkichlari, shuningdek, mashinaning ishlab chiqilayotgan konstuksiyaga qo‘yiladigan texnik iqtisodiy talablar, kostruktorlik hujjatlari ustida ishlash bosqichlari soni va maxsus talablarni oladi. Texnik topshiriqda iloji boricha ishlab chiqish bazasi, iste’mol qilinadigan va rejalashtirilayotgan mahsulot hajmi, uni tayyorlash davomiyligi, modernizatsiyalashning mumkin bo‘lgan yo‘llari ko‘rsatilgani ma’qul. Kelishilgan va tasdiqlangan texnik topshiriq loyihaviy ishlarni olib borishga asos bo‘la oladi. Texnik taklif texnik topshiriqga muvofiq tarzda mashina yaratish uchun texnik hamda iqtisodiy asosga ega. Texnik topshiriqlarining mumkin bo‘lgan realizatsiya variantlari, ishlab chiqilayotgan konstruksiyani o‘xshash konstruksiyalar bilan solishtirib ko‘rish, mashinaning patentbopligi va shu kabilarni texnik taklif o‘z ichiga oladi. Texnik taklif kelishuv va tasdiqdan o‘tgandan so‘ng ishning keyingi bosqichlarini bajarishga asos bo‘la oladi. 4.2 Loyihalashning protsedura modeli (logik sxemasi).
Mashinalarni loyihalashdagi extiyojlarni aniqlash Ishlab chiqarish holati yuzasidan muhim direktiv masalalar Grafik maqsadlarni senariysi Maqsadini aniqlash Texnik jurnal va materiallar, adabiyotlar, patent manbalari, ishlab chiqilgan loyihaning tugallanishi Asosiy belgilarini aniqlash Mashinalarni ishlatish tajribasi. Qaror matritsalari va boshqalar Texnik topshiriq Qabul qilinadigan qaror Aqliy hujum qilish, mos keluvchi jadval va boshqalar. Texnik vazifalarini yechish variantlarini izlash Kinematik va dinamik таhlil, modellashtirish. Qabul qilinadigan qarorlarning таhlili Eskiz loyiha Texnik takliflar Optimalashtirish usuli bilan masalalarni qayta ishlash Mashina ishchi rejimlari va parametrlarini tanlash Fan yutuklari, loyihalash tajribalari, davlat standartlari. Texnalogiklikga ishonchlilikga, ergonomik, estetik, mustahkamlikka qayta o‘zlashtirish. Unifikatsiyalash, standartlashtirish. Mashinalarni konstruksiyalash Texnik loyiha Detal va yig‘ma birikmalarni konstruksiyalash Ishchi xujjatlar Download 175.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling