4- Ma’ruza. Mavzu: Mashinalar loyihalashning asosiy tamoyillari.
Ma’ruza rejasi :
1. Mashinalar loyihalashning asosiy usullari va bosqichlari.
2. Loyihalashning protsedura modeli(mantiqiy sxemasi).
3. Mashina loyihasini tuzishning iqtisodiy asoslari: foydali ish koeffitsienti, uzoqqa chidamliligi, ekspluatsion ishonchliligi.
Muammoli savol.
Mashinalarni loyihalashda qo‘yiladigan asosiy tamoyillari qanday bog‘liqlikda amalga oshiriladi.
Tayanch iboralar:
konstruktiv vorislik, transformatsiya va inversiya, evristika, tuplangan tajriba, qarama-qarshisiga o‘zgartirish, texnik topshiriq, eskiz, hujjat, texnik taklif va mulohaza, texnik va ishchi hujjat, ishlab chiqarish.
ishlab chiqish bosqichi, loyihalash protsedurasi, loyihani yechish usuli, informatsiya manbaalari, ehtiyojlarni aniqlash, grafik maqsadlar senariysi, ishchi rejim va parametr tanlash, qayta o‘zlashtirish;
iqtisodiy samaradorlik, foydali qaytim, ishonchlilik, operator ish xaqi, haqiqiy ish vaqti, ishlatish davri, xizmat muddatini saqlash, ishlatish ishonchliligi, ta’mirlash muddati uzoqliligi.
4.1. Mashinalar loyihalashning asosiy usullari va bosqichlari.
Mashinalarni konstruksiyalash loyihalashning bir qismi bo‘lib, u mashina qismlarining yangi tuzilmalarini o‘zaro bog‘liqliklarini va shakllarini izlash bilan bog‘liq.
Texnik taklif jarayonidagi mashinaning umumiy strukturasini sintezidan boshlab, detallar ishchi chizmalarini ishlab chiqishgacha bo‘lgan masalalarni yechishda quyidagi umumiy usullar qo‘llaniladi:
konstruktiv vorislik;
transformatsiya va inversiya;
evristika.
Do'stlaringiz bilan baham: |