4- ma’ruza. Mavzu: Mashinalar loyihalashning asosiy tamoyillari


Download 175.28 Kb.
bet7/9
Sana20.12.2022
Hajmi175.28 Kb.
#1039915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Маъруза

Foydali qaytim. Foydali qaytim mahsulot tannarxi yoki vaqt birligida mashinaning bajargan foydali ishi bilan belgilanadi. Foydali qaytim mashinalarning unimdorligiga bog‘liq, yani vaqt birligida ular bajargan operatsiyalar soni va operatsiya narxiga (ish birligiga) bog‘liq.
Qaytimni kattalashtirish kompleks topshiriq bo‘lib, uning yechimi ko‘p tomondan ekspluatatsiyaga bog‘liq. Mashinalar unimdorligini texnalogik operatsiyalarni intensifikatsiyalash, moslama va maxsus jihozlarni qo‘llash bilan oshiriladi.
Bu muammoni konstruktiv tadbirlar bilan yechiladi. Mashinaga imkon qadar unumdorlik berilishi kerak. Uning ishchi organlariga mos keladigan kinematika, quvvat va ishonchliligiga qarab maksimal operatsiyalar sig‘imi beriladi.
Mashinalarning unumdorligini oshirishning asosiy usullari quydagilar:

    • mahsulot ustida bir vaqtda o‘tkaziladigan operatsiyalar sonini oshirish;

    • bir vaqtda ishlov beriladigan buyumlar sonini oshirish;

    • texnologik sikl davomiyligini qisqartirish;

    • texnologik jarayonni avtomatlashtirish.

Uzoqqa chidamlilik. Mashinaning uzoqqa chidamliligi ham foydali qaytim singari ekspluatatsiyaning sharoit va texnik darajasiga bog‘liq. Mashinani extiyotlab ishlatish, kvalifikatsiyali qarash, vaqtida profilaktika qilish, ortiqcha kuchlanishdan saqlash kabilar umrboqiylikni oshiradi. Ammo mashina uzoqqa chidamliligidan hal qiluvchi rolni to‘g‘ri konstruksiya o‘ynaydi.
Uzoqqa chidamlilik kriteriyalari. Umrboqiylik bu mashina nominal rejimida, normal ekspluatatsion sharoitda, asosiy hisobiy parametrlarni pasaytirmagan holda ta’mirlashning iqtisodga loyiq jami bahosida xizmat muddatini o‘taydigan umumiy vaqtdir. Ba’zan esa bu vaqtni mashinaning resursi, deyiladi.
Chidamlilik - mashina agregat, uzel, tutashmaning o‘zining ishlash qobiliyatini oxirgi holatigacha saqlash xususiyati. Buyumning oxirgi holati undan keyin foydalanish mumkin emasligi, samaradorligining pasayishi yoki xavfsizlik talablarining buzilishi bilan belgilanadi va texnik hujjatlarda izohlanadi. Chidamlilik ko‘rsatkichlariga mashinaning undan foydalanila boshlangandan to hisobdan chiqarilgunga qadar bo‘lgan xizmat muddati yoki resursi (soatlar yoki kilometrlarda) kiradi.
Ko‘p hollarda, ayniqsa nodavriy agregatlar uchun umrboqiylikni agregatning butun xizmat vaqtida bajariladigan ishlari summar ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Umrboqiylikka bunday tushuncha berilishi quydagini ko‘rsatadi:umrboqiylik bu mashina yoki agregat to‘la eskirguncha bajara oladigan operatsiya yoki ish birliklarining umumiy soni.
Ish sharoitlarining uzoqqa chidamlilikga ta’sirini rejim koffissenti rej ni kiritish bilan hisoblash mumkin. Amaldagi uzoqqa chidamlilik.

Bu yerda Dnam -nominal uzoqqa chidamlilik,
Mashinaning xizmat muddati.
Bu mashinaning umrboqiylik resursining tugagunicha ekspluatatsiyada bo‘lish umumiy davomiyligi (yillarda) DSt 27.002-83).
Nodavriy ishlovchi mashinalar uchun xizmat muddati alohida yillik operatsiyalar sonining o‘rtacha soniga qarab belgilanadi.
Masalan, umumiy yuritish uzunligi L km bo‘lgan avtomabil xizmat muddati quydagicha topiladi.
;
rej rejim koeffitsenti; l-bir yilda avtomabil bosib utgan o‘rtacha kilometrdagi yo‘l. Umrboqiyligi vaqt birliklaridan kelib chiqadigan mashinalarning xizmat muddatlari (yillarda) uzoqqa chidamlilik (D) bo‘linmalaridan qo‘lladi koeffitsentiga (qo‘l.) teng. Rejim koeffitsenti bilan:

Foydalanish koeffitsenti umumiy holda,
qo‘l=sez∙vqx∙rem∙sm∙mash∙zag∙pr
Mavsumlik koeffitsenti sez - mashina ishlash mavsumining davomiylik nisbati yildagi umumiy kunlar soniga nisbatan:

Ishlash davomiyligi iqlim va mavsum sharoitlari bilan chegaralangan mashinalarga kishloq xo‘jalik, yo‘l, qor tozalovchi, suv transportlari kiradi.
Uzoqqa chidamliylik iqtisoiy va texnik ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.
Mashina chidamliligining iqtisodiy ko‘rsatkichlari uni ishlatishning o‘rtacha solishtirma narxidir.
Mashina bajargan ishi va xizmat muddati bilan bog‘liq bo‘lgan resurs detalga yoki tug‘ashma muddati bilan bog‘liq bo‘lgan resurs detalga yoki tutashma chidamliligining texnik ko‘rsatuichlari hisoblanidi.

Download 175.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling