4- ma’ruza. Mavzu: Mashinalar loyihalashning asosiy tamoyillari
Loyiha tuzishning iqtisodiy asoslari: foydali ish koeffitsienti, uzoqqa chidamliligi, ekspluatatsion ishonchliligi
Download 175.28 Kb.
|
4-Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydali ish koeffitsenti.
4.3.Loyiha tuzishning iqtisodiy asoslari: foydali ish koeffitsienti, uzoqqa chidamliligi, ekspluatatsion ishonchliligi.
Loyihalashtirishda iqtisodiy faktor asosiy rol o‘ynadi. Loyiha tuzishning ko‘pligi uning asosiy maqsadi - mashinalarning iqtisodiy samaradorligiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Ko‘p loyihachilar loyiha tuzishda iqtisod qilish deganda mashinalar tannarxini arzonlashtirish, murakkab va qimmat yechimlardan qochish, arzon materiallarni qo‘llash va ishlov berishning eng sodda usullarini qo‘llashini tushunadilar. Bu esa ishning faqat kichik bir qismi xolos. Asosiysi esa mashinaning keltiradigan foydasi va unga butun xizmat muddati davomida ketadigan ekspluatatsion sarf harajat summasidan iborat. Mashinaning tan narxi esa shu summaning faqat bitta, asosiy bo‘lmagan, ba’zan e’tiborga loyiq bo‘lmagan tuzuvchisidir. Iqtisodiy yo‘naltirilgan loyiha mashinaning iqtisodiyligini aniqlovchi faktorlar kompleksini hisobga olish va shu faktorlar solishtirma qiymatini to‘g‘ri baholashi lozim. Bu qoidadan ko‘pincha yuz o‘giradilar. Mahsulotni arzonlashtirishga berilib ketib loyihachilar ko‘pincha faqat bir tomonlama iqtisodga erishish uchun harakat qiladi va iqtisodiylikni ancha samarali yo‘llarini sezmay qoladi. Bundan tashqari, barcha faktorlarni birgalikda hisobga olmaydigan iqtisod ko‘pincha mashinaning summar iqtisodiyligini pasayishiga olib keladi. Mashinaning iqtisodiyligini belgilovchi asosiy faktorlar - mashinaning foydali qaytimi, ishonchliligi, operatorlar mehnat haqini to‘lashga ketgan sarf harajat, energiya istemoli va ta’mirlash narxi. Foydali ish koeffitsenti. Foydali ish koeffitsenti deb ma’lum davr ichida mashina haqiqiy ish vaqtini shu davr nisbatiga aytiladi. H - mashinani ekspluatatsiya qilish davri, h - mashinani shu davr ichidagi haqiqiy vaqti. Ekspluatatsiya davridagi o‘rtacha foydalanish koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ladi. ( 1) Agar mashina o‘zining mexanik resurslari to‘la tugagunicha ishlasa, h - uning uzoqqa chidamliligini D - ko‘rsatadi u holda: ( 2) Kalendarli rejimda ishlaydigan mashinalar uchun foyda kattaligi quyidagilarga bog‘liq: 1) ishchi smenalar soni; 2) bo‘sh vaqt(mashina buzuqligi, ishlab chiqarish ritmining buzulishi tufayli yuzaga keladigan to‘la yuklanmaslik). Bir, ikki va uch smenali ishlarda foydalanish koeffsienti foyda =0,2; 0,4; 0,6 bo‘lib, yillik to‘xtovsiz ishlaganda foyda=0,95 1ga teng. Davriy, ya’ni mavsumida ishlaydigan mashinalarning foydalanish koeffitsienti 0,05 - 0,10 gacha paslab ketadi. Yangi mashinalar yaratishda me’yor belgilovchi tayyorlik koeffitsienti sifatida eng katta tayyorlik koeffsienti olinadi. Texnik foydalanish koeffsienti foydalanish jarayonida mashinaning majburan to‘xtab turish vaqti yig‘indisi foizda yoki birlik ulushlarida aniqlashga imkon beradi. Zamonaviy qoliplash mashinalari uchun texnik foydalanish koeffsienti 0,85 0,87 atrofida bo‘ladi, bu esa mazkur mashinalarining ta’mirlashga yaroqliligi darajasi pastligidan dalolat beradi. Isteomolchi texnik foydalanish koeffsientining o‘rtacha qiymatini bilsa, mashinalar bir yil mobaynida o‘rtacha qancha vaqt ichida yaroqli holatda bo‘lishini aniqlay oladi. Chunonchi, agar korxonada Ktf = 0,60 bo‘lgan 50 ta dastgoh mashinasi bor bo‘lsa, bu hol mashina ishlash mavsumi mobaynida ulardan faqat o‘rtacha 30 tasi uzluksiz ishlashi mumkinligini anglatadi. Texnik foydalanish koeffsientini mashinaning ishlash qobiliyati koeffsienti kabi talqin qilish ham mumkin, ya’ni Ktf= 0,60 bo‘lganda mashina ishga yaroqi ,deb yoki mashina vaqtining 60 % ida ishlaydi, qolgan 40 % ida esa texnik sabablar tufayli ishlamaydi, deb hisoblash mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, texnik foydalanish koeffsient qiymatiga faqat mashinaning ishonchlilik darajasi emas, balki unga texnik xizmat ko‘rsatishning ayniqsa ta’mirlashning tashkil qilinishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, jamoa va davlat xo‘jaliklarida mashinalarning ta’mirlashning agregat usuli joriy qilinganda ulardan texnik foydalanish koeffitsenti ancha kattalashishi (ta’mirlashda mashina bekor turib qolish vaqti qisqarish hisobiga) mumkin. Download 175.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling