4- ma’ruza. Mavzu: Mashinalar loyihalashning asosiy tamoyillari
Download 175.28 Kb.
|
4-Маъруза
4.1 - rasm. Valik sxemasi.
4.2 - rasm. Chopqirlar sxemasi. Inversiya munosabatlarida chopqirlarning (begunlarning) ikkita tuzilmasi turadi. (4.2-rasm) 4.1 - rasm. Begun sxemasi. Birinchi tuzilmada (4.2a-rasm) chopqirlarning kosasi qo‘zg‘almas va g‘altaklari harakatga keladi; ikkinchi tuzilmada (4.2b-rasm) kosa aylanma harakatga keltiriladi. 1-holda g‘altaklar murakkab harakat qiladi: o‘z o‘qlari va vertikal val atrofida aylanma. Material g‘altaklar bosimi va ishqalanishi natijasida maydalanadi. Ikkinchi variantda materialga ta’sir ko‘rsatayotgan markazdan kochma kuch ta’sirida u ko‘cha markazidan chetlarga transportirovka qilinadi, materialga bosish kuchini yaratuvchi prujinalar ishi osonlashadi va natijada maydalash samaradorligi ortadi. Evristika (yunoncha-topmoq) - yo‘llovchi savollarning ma’lum tizimsi yordamida g‘oyalar yaratish usuli. Yo‘llovchi savollar yaratilayotgan mashinalarning barcha xossalarini muhokamasiga doir bo‘lishi mumkin: ishonchlilik xossalaridan to xavfsizlik ko‘rsatkichlarigacha. Bu usulni qo‘llashda loyihachi mashinani yaratishga berilgan texnik vazifa, mashinaning tuzilishi, ishlash asoslari, texnik adabiyot amaliyotda qo‘llanishi tajribasi va boshqalar bilan tanishgan bo‘lishi shart. Prototipning kamchiliklarini sifat ko‘rsatkichlari nuqtai nazardan muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi. Evristika usullaridan biri - bu "Aqliy hujum" usuli. Bu usul Osborn tomonidan 40-yillar oxirida taklif etilgan. Uning kuzatishlariga ko‘ra barcha insonlar 2-ta toifaga bo‘linar ekan: birinchi toifadagi odamlar yangi g‘oyalar, fikrlarni yaratuvchi bo‘lsalar (generatorlar), ikkinchi toifadagi odamlar bu narsalarni tanqid qilishga usta (tanqidchi) lar. "Aqliy hujum" ning maqsadi ko‘p miqdordagi yangi yechimlarni kamroq vaqt ichida yaratish. Bu maqsadda bir guruh "generatorlarni" to‘plab, ularga ma’lum masala qo‘yiladi va ogohlantiriladiki hech qanday tanqidga joy yo‘q sharoitda masalani yechishga barcha g‘oyalar (hatto eng fantastik) qabul qilinadi. Ishtirokchilar tomonidan yaratilayotgan g‘oyalar magnit tasmasiga yoki alohida kartochkalarga yoziladi. Amalda "Aqliy hujum" ning davomiyligi yarim soatdan ortmaydi. So‘ng yaratilgan yangi g‘oyalar mutaxassislar va tanqidchilar tomonidan har tomonlama muhokama qilinadi va natijada qimmatli yechimlar vujudga keladi. Shuni aytib o‘tish o‘rinliki, "Aqliy hujum" usuli yordamida yengil va o‘rtacha qiyinlikdagi konstruktorlik masalalari yechilishi mumkin. Download 175.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling