4 – ma’ruza qattiq jism mexanikasi. Qattiq jismning harakati. Kuch momenti. Qo’zg’almas o’q atrofida aylanayotgan qattiq jism kinetik energiyasi. Inersiya momenti. Shteyner teoremasi. Reja
Download 134.5 Kb.
|
4- Maruza matematika (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanish o`qiga ega bo`lgan jism harakati. Kuch momenti
4 – MA’RUZA Qattiq jism mexanikasi. Qattiq jismning harakati. Kuch momenti. Qo’zg’almas o’q atrofida aylanayotgan qattiq jism kinetik energiyasi. Inersiya momenti. Shteyner teoremasi. Reja: Aylanish o`qiga ega bo`lgan jism harakati. Kuch momenti Jismlarning muvozanati. Muvozanat turlari. Jismlarning og`irlik markazi. Jismlarning inersiya momenti. Impuls momenti. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi Aylanish o`qiga ega bo`lgan jism harakati. Kuch momenti B erkitilgan va doimiy aylanish o`qiga ega bo`lgan jismlar ilgarilanma harakat qilmaydi. Masalan: eshiklar, romlar va h.k. Bunday jismlarga qo`yilgan kuch ta`sirida ular aylanma harakatga kelishi mumkin. Kuchning o`q atrofida aylantiruvchi ta`siri faqat kuchning kattaligagina bog`liq bo`lmasdan kuchning yelkasiga ham bog`liq. Aylanish o`qidan kuch ta`sir chizig`igacha bo`lgan eng qisqa masofaga kuch yelkasi (l) deyiladi. Ta`rifdan ko`rinadiki, kuch yelkasi kuch ta`sir yo`nalishiga har doim (4.1-rasm). Kuchning kuch yelkasiga ko`paytmasiga kuch momenti deyiladi. Kuch momentini M harfi bilan belgilasak (4.1). Kuch momenti ham vektor kattalik bo`lib, uning yo`nalishi aylanish o`qi bo`ylab yo`naladi va burchakli tezlik yo`nalishi bilan mos tushadi. Kuch momenti N m birlikda o`lchanadi. Ammo ta`kidlash kerakki, bu N m bo`lsa ham Joulga teng emas. Chunki kuch yo`nalish kuch yelkasiga har doim perpendikulyardir. Agar aylanish o`qiga ega bo`lgan jismga bir necha kuch ta`sir etayotgan bo`lsa, natijaviy kuch momenti har bir kuchning hosil qilgan kuch momentlarining geometrik yig`indisidan iborat bo`ladi. Bu yerda har bir kuchning hosil qilgan momentlari hisoblanadi. Biz amalda juft kuchlarning hosil qilgan momentlaridan ko`p foydalanamiz. Masalan: vodoprovod kranlarini ochishda yoki yopishda. Agar F kuchning ta`sir chizig`i aylanish o`qidan o`tsa, kuchning yelkasi nolga teng bo`ladi. Bunday kuch ta`sirida aylanish o`qiga ega bo`lgan jism ham aylanmaydi. Aylanish o`qiga nisbatan kuchning ta`sir yo`nalishiga qarab kuch momenti musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin. Bunday momentlarni bir-biridan farqlash uchun aylanish o`qiga nisbatan soat strelkasi yo`nalishida ta`sir etuvchi kuchning hosil qilgan momentini musbat, soat strelkasiga teskari yo`nalishda ta`sir etuvchi kuchning hosil qilgan momentini manfiy deb qabul qilingan. Aylanish o`qiga ega bo`lgan jismga ta`sir etuvchi kuchlarning teng ta`sir etuvchisi nolga teng bo`lsa (Fi=0), yoki kuchning yelkasi nolga teng bo`lsa (l=0), yoki musbat kuch momentlarining yig`indisi manfiy kuch momentlarining yig`indisiga teng bo`lsa, aylanish o`qiga ega bo`lgan jism aylanmaydi, ya`ni muvozanatda bo`ladi . Ta`kidlash kerakki, tekis aylanma harakat qilayotgan jismga ta`sir etuvchi kuch momentlari yig`indisi ham nolga teng bo`ladi. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling