4- maruza. Yo’l belgi chiziqlari va ularni o’rnatishda qo’yiladigan talablar


Download 0.85 Mb.
bet3/7
Sana07.05.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1438692
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4- maruza

Yo’l ko’tarilgan va tushgan joylarda belgilash. 1.13 va 1.14 belgilar bilan ko’rsatilgan yo’l ko’tarilgan va tushgan joylarda yo’l belgilanishining asosiy vazifasi – ko’rinish cheklangan joyda transport vositalarining qarshi polosaga chiqib ketishi oldini olish bo’ladi.
Ikki polosali yo’llarda ko’tarilish tomonga polosa qo’shilmagan bo’lsa ko’tarilish vaqtida sekin yuradigan transport vositalarini quvib o’tish imkoniyati bo’lishi kerak. SHuning uchun, agar qarshidan kelayotgan avtomobilni ko’rish me’yor doirasida bo’lsa ko’tarilish oxirigacha qarshi oqim uzluksiz tomoni tushish yo’nalishidagi harakat polosasiga qaragan 1.11 chiziq bilan ajratiladi. Ko’rinish cheklangan uchastkada, 4.56-rasmda ko’rsatilgandek, bu chiziq 1.1 belgilash bilan almashtiriladi. Bu yerda ikkala harakat tomonida ham quvib o’tish ta’qiqlanadi.

4.56-rasm. Tik ko’tarilish va tushish joylarida ikki tasmali yo’lning
belgilanishi
Ko’tarilish tomonga qo’shilgan polosa asosiy polosadan 1.5 uzuq chiziq bilan ajratiladi, ko’rinish cheklangan joylarda esa, uzluksiz qismi qo’shimcha polosaga qaragan 1.11 chiziq bilan ajratiladi. Ko’tarilish cho’qqisisidan o’tib asosiy polosaga qo’shilguncha qo’shimcha polosa o’tish- tezlashish polosasi vazifasini bajaradi. Ko’rinish cheklangan zona tugaganidan so’ng u eni 0.2 m uzuq chiziq bilan asosiy polosadan ajraladi. Yo’lning bu uchastkasida haydovchilarni yo’nalishdagi harakat polosalari kamaygani haqida ogohlantiradigan 1.19 yo’nalish ko’rsatgichlari chizilishi mumki. Yo’lning kengaygan qismidagi qarshi oqimlar bir-biridan 1.1 uzluksiz chiziq bilan ajratiladi.Ko’tarilish joylaridagi uch polosali yo’llarning belgilanishi qo’shimcha polosali ikki polosali yo’llarnikiga o’xshagan bo’ladi. Lekkin ko’tarilish oxirigacha qarshi oqim ko’tarilish tomonga ikkita polosa, tushish tomonga esa bitta polosa bo’ladigan qilib 1.1 chiziq bilan ajratiladi.
Har bitta holatda 1.5 belgilashdan 1.1 yoki 1.11 (agar uzluksiz qismi harakatning chap tomonida bo’lsa) belgilashga o’tilishi 1.6 yaqinlashish chizig’i bilan bajariladi.
Yo’llarni gorizontal egriligida belgilash. Radiusi kichik egrili yo’llarda ko’pincha haydovchi yon kuchni kamaytirib, tezlikni kamaytirmay burilish radiusini sun’iy oshirishga harakat qilgani uchun avtomobil qarshi harakat polosasiga chiqib ketishi mumkin. Harakat jadalligi ko’p, ko’rish cheklangan sharoitda bu usul xavfni oshiradi va ko’pincha YTH ga sabab bo’ladi. SHuning uchun gorizontal egilishlardagi yo’l qatnov qismi belgilanishining vazifasi mahalliy sharoitni hisobga olib harakat dahlizini aniq belgilash bo’ladi.
Gorizontal egrili ko’p polosali yo’llarda qatnov qismini belgilash gorizontal to’g’ri yo’ldagibelgilashdan ko’p farq qilmaydi, sababi bu yo’llar asosan oliy toifaga kiradi va me’yor talablariga ko’ra plandagi egilish radiusi katta bo’ladi. Bundan tashqari, qarama-qarshi yo’nalishdagi oqim ajratish polosalari yoki 1.3 belgilash chizig’i bilan ajratilgani uchun qarshi polosaga chiqib ketish oldi olinadi.
Ikki va uch polosali yo’llardagi belgilash usuli egri radiusi bilan ko’rinish yaxshiliga bog’liq bo’ladi. Radius 50 m dan kam bo’lsa, ko’rinish yaxshi bo’lsa ham, qarama-qarshi yo’nalishda harakat qilayotgan transport oqimi, (egrilik doirasida) unga birikkan uchastkalar egri oxirigacha 1.1 uzluksiz chiziq bilan ajratiladi. SHu bilan birga aylanmaegrilik joyida 1.1 chiziq qatnov qismini kengligi har xil bo’lgan ikkita harakat polosasiga bo’ladi. Ichki polosa kengligining tashqi polosa kengligiga nisbati egri radiusiga bog’liq bo’ladi va 4.10-jadvalda ko’rsatilgan.

4.10-jadval



Qatnov qismi ichidagi radiusi, m

10–15

15–20

20–30

30–50

50

Qatnov qismi ichki polosasi kengligining tashqi polosa kengligiga nisbati

1,4


1,3


1,2


1,1


1,0


Radiusi 50 m dan ko’p ikki polosali va uch polosasi yo’llarda egrilik joyidagi ikki polosadan qarshi harakat polosasiga chiqish imkoniyati ko’rinish darajasiga bog’liq bo’ladi. Agar ko’rinish me’yor talablariga mos bo’lsa qarshi oqim 1.5 chiziq bilan ajratilishi mumkin. Ko’rinish cheklangan sharoitda esa buning uchun uzluksiz qismi ko’rinishi ruxsat etilganidan kam tomonda harakatlanayotgan transport vositalari tomonida chiziladigan 1.11 chiziq ishlatiladi. Bunday zonalar odatda plandagi egriga kirish joyining ikki tomonida hosil bo’ladi. SHuning uchun ko’pincha kirish joyida 1.11 belgilash chizig’i, egrilikning o’rta qismida esa 1.5 yoki 1.1 belgilash chiziqlari ishlatiladi. 1.1 belgilash chizig’i ko’rinish cheklangan zonalar bir-birini yopadigan zonalarda ham ishlatiladi. SHunday holat 4.57-rasmda ko’rsatilgan. AV va SD egilish chegarasidagi uchastkada ko’rinish faqat burilishdan chiqqan haydovchilargagina ochiladi. Quvib o’tish uchun ular 1.11 chiziqni uzilgan tomonidan kesib o’tishlari mumkin. VS uchastkada esa ikki tomonda ham ko’rinish cheklangan, shuning uchun qarshi oqimlar 1.1 chizig’i bilan ajratilgan.





4.57-rasm. Ko’rinish cheklangan gorizontal egilishdagi belgilash chizig’i, M - hisoblangan qarshi avtomobilni ko’rish masofasi


Uch polosali yo’llarda ichki polosada ketayotgan avtomobillarning ko’rinish cheklangan zonadan chiqmoqchi bo’lib quvib utish uchun o’rta polosaga chiqishi ta’qiqlanadi. Bu maqsadda ko’rinish cheklangan zona tugaguncha ichki polosa o’rta polosadan 1.1 uzluksiz chiziq bilan ajratiladi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling