4- maruza. Yo’l belgi chiziqlari va ularni o’rnatishda qo’yiladigan talablar


Download 0.85 Mb.
bet5/7
Sana07.05.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1438692
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4- maruza

To’xtash va avtomobil qo’yish joylaridagi belgilash. Jamoat transporti to’xtaydigan bekatlarda bekatlarga xavfsiz va ohista kelish, ulardan asosiy harakat qismiga chiqish, piyodalarning qatnov qismidan havfsiz o’tishi ta’minlangan bo’lishi kerak.
Me’yoriy talablarga ko’ra barcha toifadagi avtomobil yo’llaridagi avtobus bekatlari zonasida asosiy harakat polosasidan (oliy toifadagi yo’llarda) ajratish polosasi bilan yoki uzluksiz chiziq bilan ajratiladigan o’tish-tezlashish polosalari o’tkaziladi.
Ajratish polosasining kontur iva uzluksiz chiziq 1.1 belgilash chizig’i bilan bajariladi. Asosiy harakat polosasidan o’tish-tezlashish polosasiga o’tiladigan va aksincha bo’ladigan uchastkalarda ular bir biridan kengligi 0,2 m bo’lgan 1.8 uzuq chiziq bilan ajratiladi. O’tish-tezlashish polosasining boshlanishiga «A» belgisi – 1.23 belgilash chizig’i bo’lishi mumkin.
Maxsus cho’ntak yoki asosiy harakat polosasidagi avtobus yoki trolleybus bekatlari 1.17 sariq to’lqinsimon chiziq bilan belgilanadi. SHunday chiziq bilan taksi avtomobillarning bekatini ham belgilash mumkin.

4.60-rasm. Aavtomobillani to’xtash joylarida yo’l belgi chiziqlarini chizishga misol

Transport vositalari qo’yiladigan joy ko’chadan tashqarida bo’lsa avtomobil qo’yish joyi chegarasi va qo’yiladigan joylar, avtomobil qo’yish joyidagi harakatlanish yo’llari belgilab chiqiladi.


Avtomobil yo’llaridan maydonchalarga tushish va ulardan chiqish yo’llari yuqorida aytilgan usul bilan o’tish-tezlashish polosalari bilan belgilanadi. Qatnov qismi bilan maydoncha o’rtasida tezlashish-o’tish polosalarini ajratadigan orolcha bo’lmasa avtomobil qo’yish joyiga alohida kirish va chiqishni tashkil etadigan 1.11 chiziq o’tkazilishi mumki. Transport vositalari qo’yiladigan joy, joylashtirish sxemasini hisobga olib, 1.1 chiziq bilan belgilanadi.
Vertikal belgilash chizig’ining ishlatilishi. Tik belgilash chiziqlari transport vositalarining ko’prik va yo’l o’tkazgichlar tayanchlariga, to’sish vositalariga, ularning asoslariga, ajratish polosasidagi, xavfsizlik orolchasidagi aylana tumbalarga, xavfsizlik orolchalarining tik yuzasiga, bordyurlarga, parapetlar chetiga va hk. urilishi oldini olish uchun ishlatiladi.
Vertikal belgilash sxemasi ishlab chiqilganda qatnov qismiga yaqin va harakat uchun xavfli bo’ladigan yo’ldagi muhandislik inshootlari elementlari, yo’ldagi sharoit va qatnov qismiga yaqin boshqa ob’ektlar aniqlanadi. Buning uchun YTH sabablarini o’rganish materillari, yo’l va yo’l qurilmalari texnik holatini o’rganish borasidagi ma’lumotlarni bilish ayniqsa muhim hisoblanadi. Belgilanadigan inshootlar, yo’l jihozlari elementlariva boshqa ob’ektlar vedomosti tuziladi, vedomostda ular qaerda joylashgani, ularga tushiriladigan belgilash raqamlari ko’rsatiladi.
Yo’l inshootlarining yuzasi (yo’l ko’rsatgichlari tayanchlari, tonnellar chet yuzasi, tirgak devorlar va hk.) yo’l yoqasida yoki qatnov qismidan 0,5 m dan kam joylashganda, trotuarlar yoki ajratish polosalari bo’lganda va harakat shartlari shuni talab qilganda belgilanadi. Buning uchun yo’l inshootlarining transport vositasi keladigan tomonga qaragan yuzasiga oq va qora qiya yo’l-yo’l chiziq chiziladi. Yo’l-yo’l chiziqning yo’l qatnov qismiga qaragan qismi qiya bo’lishi kerak.
Yo’l qatnov qismi ustidagi yo’l inshootlarining past qismi (yo’l o’tkazgichlari, tonnel yopgichlari va hk.) vertikal o’lchami 5 m dan kam bo’lsa oq va qora rang 2.2 chiziq bilan belgilanadi. Belgilash chizig’i sun’iy inshoot tomonga boradigan polosa yuqorisida bo’ladi.
To’sadigan va yo’naltiradigan vositalardagi belgilash chiziqlari yaxshi ko’rinishi, yo’l yo’nalishini ko’rsatishi va undagi xavfli joylarni ko’rsatishi kerak. Uzluksiz to’siqlarning qatnov qismiga qaragan yuzasi 2.6 chiziq bilan belgilanadi. Lekin to’siqlar boshlangan joyni bildirish uchun, harakat sharoiti xavfli (misol uchun, plandagi egilish radiusi kam, turli darajadagi transport yechimlaridagi) yo’ldagi to’siqlar yuzasiga, yoniga 2.5 belgilash chizig’i chiziladi. Yo’naltiruvchi ustunlar, trosli to’siq tayanchlari, to’siqlar, tosh to’siqlarning usti, harakat tomonga qaragan qismi 2.4 qiya qora chiziq bilan belgilanadi.



4.61-rasm. Vertikal belgilash chizig’ining chizishga misol


Qatnov qismi toryadigan, planda egilgan kichik radiusli va boshqa xavfli yo’llardagi trotuar chetidagi, ajratish polosasi chetidagi bordyurlar, yo’ldan ko’tarilib turadigan xavfsizlik orollari, yo’naltiruvchi orollar ma’lum ma’noda yo’ldagi g’ov bo’ladi va haydovchiga yaxshi ko’rinishi kerak. Bunday joylarga 2.7-belgilash chizig’i ishlatiladi. Ajratish polosalari va orollarining boshlanishida aylana tumbalar bo’lsa ularga gorizontal qora va oq chiziqlar tushiriladi (2.3 belgilash chizig’i). Haydovchiga to’g’ri yo’l ko’rsatish uchun bunday tumbalar bilan g’ov aylanib o’tiladigan yo’nalish ko’rsatilgan 4.2 belgi qo’yish to’g’ri bo’ladi (4.61i rasmda ko’rsatilgan).




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling