4- mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari. Reja


Download 33.8 Kb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi33.8 Kb.
#1253718
1   2   3   4   5
Bog'liq
4- Mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari.

naqdina-pul solig‘i, savoyim hayvonlar uchun to‘lanadigan soliq, tijorat-yer solig‘i. Bobur dehqonchilik bilan bog‘liq soliq tizimini quyidagicha o‘zgartiradi: mukassama-yetishtirilgan hosildan bir qismi natura shaklida to‘lanadigan soliq, muvazzif-kadastrda qayd qilingan yerdan olinadigan soliq. Amir Temur xokimiyat tepasiga kelishi bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga aloxida e’tibor qaratdi. Dexkonlarning yerlarini toptash va ekinlar yakson bo‘lishidan saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Temur farmoyishiga muvofiq ekinzorlar yaqiniga o‘tov o‘rnatish ko‘shin rahbarlariga taqiqlangan. Birok ayrim hollar bundan mustasno.
Akademik V.V.Bartold Amir Temurning ziddiyatli faoliyatiga shunday baho beradi: “Temur ayni bir paytda beshafkat vayronakor va jonboz quruvchi edi: uning tomonidan ajoyib bog‘-rog‘lar bilan muhtasham binolar qurildi, shahar va qishloqlar tiklandi, sug‘orish tizimlari barpo etildi va tuzatildi: rasmiy tarixni ifoda etishiga, umuman ekin yetishtirish mumkin bo‘lgan yer bekor yotmagan.”
Temur O‘rta Osiyo sharoitida dehqonchilikni tiklash va rivojlantirish sun’iy sug‘orish bilan bog‘lik ekanligini yaxshi tushungan. Xuddi shu tarzda, Temur faoliyatiga ko‘ra yerlarni sug‘orishga bog‘liq ishlar amalga oshirildi va Angor tumani tashkil etildi. Uning ko‘rsatmasi bilan Murg‘ob vodiysida muhim ishlar bajarildi. Eski angor kanalining tog‘ maydonini o‘yib, kanal qazildi.
Bundan tashqari Temur Afg‘onistonda Bodom kanalini, Samarqand va Shahrisabzni oqar suv bilan ta’minlash uchun murakkab irrigatsiya ishlarini bajardi, o‘sha davrda deyarli har bir hovlidan ariq o‘tgani fikrimiz isbotidir. Temur davrida yerga egalik qilish shakli bir necha toifaga bo‘lingan: davlat, mulk va vaqf yerlari. O‘z navbatida jamoa yerlari ham saqlanib qolgan.
Feodal yer egaligining asosiy birini davlat yerlari tashkil etgan. Uning daromadlari asosan saroyni va qo‘shinni ta’minlashga ketgan. Bu yerlar hukmron sulola a’zolari va amaldorning sohibqiron oldidagi xizmatlari, asosan harbiy xizmatlari-harbiy yurishlarda katnashish, isyonkor feodallarni tobe etish, chegarani qo‘riklash uchun mukofotlashning asosiy manbai bo‘lib xizmat qildi.
Temur va Temuriylar davrida davlat yerlarini in’om qilish-suyurg‘ol berish keng tus oldi. Suyurg‘ol, tom ma’noda xayr-ehson, yerni hadya etish, imtiyozni anglatadi va harbiy xizmatni o‘tash bilan shartlangan yerni in’om qilish turlaridan biri hisoblanadi. Suyurg‘ol egasi soliq dahlsizligidan foydalanib, suyurg‘olga karashli yerlarda o‘z foydasiga o‘lpon olgan. Suyurg‘ol egasining iqtodordan farqi shundaki, u ma’muriy-sud dahlsizligiga ham ega edi.
Ayrim suyurg‘ol egalari bir vaqtning o‘zida tarxon yorliqlariga ham ega edi. Mazkur xollarda ushbu shaxslar ko‘shimcha imtiyozlar olgan yoki shunday yorliqlar yer egasini davlat soliqlarini to‘lashdan ozod qilgan. Ularning noto‘g‘ri hatti-harakati to‘qqiz martagacha kechirilgan, u shoh oldiga bemalol kirib-chiqishga imkon bergan.
Ikkinchi yer turi-bu vaqfdir. Vaqf yerlar diniy, xayriya, o‘quv va boshka masalalar foydasiga tashkil etilgan. Nazariy jihatdan vaqf yerlar daxlsiz sanalsa ham amalda bu qoidaga har doim ham rioya etilmagan. Vaqf yerlardan soliq olib odatda ijaraga berilgan ijarador mutavalli bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, mazkur yerdan ma’lum vaqt mobaynida soliq olish huquqiga ega bo‘lgan.
Yerga egalik qilishning yana bir shakli-xususiy yerlardir. Albatta, katta-kichikligidan qat’iy nazar, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari xam, ziroatkorlarning mayda paykallari xam xususiy yer mulklari hisoblangan. Mulk yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarga ularning davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun berilgan va ular juda katta hajmdagi yer mulklariga egalik qilganlar.
To‘rtinchi guruh yerlar-jamoa yerlari hisoblanib, uncha katta bo‘lmagan ulushni tashkil etgan va bu yerlar qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo‘lgan.Temur davrida ko‘plab qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirilgan. Asosan bug‘doy ekilgan. Geografik holati va yil fasllariga qarab uning turli navlari ekilgan, gandumi obi (sug‘orma bug‘doy), gandumi safidcha (oq bug‘doy), gandumi surxaki (qizil bug‘doy), gandumi surxaki bahori (baxorgi qizil bug‘doy), to‘l tishi tog‘li joylarda bug‘doyning sovuqqa chidamli navlari yetishtirilgan.
Movarounnahrning asosiy dehqonchilik tumani doimo Zarafshon vodiysi bo‘lib kelgan. Undan keyin Qashqadaryo vodiysi turgan. Bu yerda hosil boshqa viloyatlarga qaraganda tez pishgan va odatda shimolroqdagi shaharlarga yetkazilgan. Xo‘jand atroflarida ham donli ekinlar yetishtirilgan, biroq aholi ehtiyojini to‘liq ta’minlamagani uchun ham, uni mo‘l hosil olingan Farg‘onadan keltirgan. Manbalarda Shosh (Toshkent) ga tutash yerlar ishlov berilganligi bilan ajralib turgani, Chag‘oniyon viloyatida non arzon bo‘lgani, Qarshidan xam yaxshi hosil olinishi haqida xabar beriladi. “(Bu yerda) bug‘doy va qovunlar mo‘l-ko‘l”deb yozadi mualliflardan biri. Surxondaryoda Termiz donli ekinlar yetishtiradigan asosiy joylardan biri bo‘lgan. Bu joyda Amudaryo orqali Xorazmga bug‘doy yuborilgan.
Xorazmda eng ko‘p hosil Vazir degan joydan janub tomondagi pasttekislikda yetishtirilgan. Bu yerda, Farg‘onaning ayrim tumanlari singari, jo‘xori yetishtirilgan, u keyinchalik Qo‘qon jo‘xorisi nomini olgan. Yerlarning bir qismiga beda ekilgan. Shuningdek, arpa va tariq ham ekilgan. Uch turdagi don-bug‘doy, arpa va tariqning muallim, tolib, vakf xodimlariga berilishi ko‘pgina vaqf hujjatlarida kayd etildi. Donning uch navidan katta samarqandcha o‘lchov bo‘yicha 24 man hajmida, masalan, mujavir - Ishratxona maqbarasining doimiy nazoratchisi olgani 1464 yil vaqf yorlig‘ida qayd etilgan.
Kambag‘allar arpa va tariqdan sof holda va turli aralashmalar bilan non yopishgan. Yarim ko‘chmanchi aholi tariqni qatiq bilan iste’mol qilgan. Mosh va no‘xat barcha joylarda ekilgan. O‘rta Osiyoda eng keng tarqalgan ekinlardan biri guruch bo‘lib, Amir Temur zamondoshlaridan birining qayd etishicha, Samarqand tomonlarda «benihoya ko‘p» edi. Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda texnik ekinlardan paxta muhim o‘rin tutgan. Tarixchilarning qayd etishicha, u Samarqand yaqinidagi yerlar, Balx atrofi, Shahrisabz yaqinidagi sug‘orma yerlar va boshqa joylarda yetishtirilgan.
Movarounnahr qishloqlari va ko‘pgina shaharlaridan paxtadan ip-gazlama tayyorlanishi, shuningdek ko‘pchilik hunarmandlarning paxtadan muayyan gazlama turi tayyorlashga ixtisoslashgani bu ekinni hamma joyda yetishtirish kengayganidan guvohlik beradi. Qishloqliklar o‘z ehtiyojidan orttirib, bu matolarning bir qismini keng iste’molchilar-shaharliklar va sahro aholisi orasida sotish maqsadida ham ishlab chiqargan. Shuningdek, paxta yetishtirishning tarqalganligini shu narsa ham tasdiqlaydiki, yirik shaxarlarda yakin atroflardan keltiriladigan paxtani saqlash va sotish uchun maxsus binolar qurilgan.
Temur Movarounnahrda ba’zi yangi tur o‘simliklarning tarqalishiga ko‘mak beradi. Aftidan ilk bor aynan Temur hukmronligi chog‘ida zig‘ir ekish paydo bo‘ldi. Klavixo xabar berishicha, Temur yurishi natijasida Movarounnahrda nasha va zig‘ir ekila boshlagan. Mazkur ekinlar «ilgari bu yerda sira ekilmagan», deb yozadi Rui Gonsales de Klavixo.
Tut daraxti, asosan ipak qurtlarini ko‘paytirish va boqish uchun ekilgan. Bu daraxt mevasi, qishda quritilgan holda ham iste’mol qilingan. Tut ko‘chati odatda sug‘orish kanallari, ariqlar bo‘yiga ekilgan. Pilla xom ashyosi asosan shaharga keltirilib, undan turli matolar to‘qilgan, Samarqand va Buxoroda pilla sotiladigan do‘konlar bo‘lgan.
Bo‘yoq olinadigan o‘simliklar, jumladan, qizil va sariq ranglar olishda foydalanilgan ro‘yan o‘simligi yetishtirilgan. Xina nafaqat tirnoq bo‘yash uchun kosmetikada, balki sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan siyoh tayyorlash, qog‘ozga tegishli rang berishda ishlatilgan. Xina dorivor vosita sifatida xam qo‘llanilgan.
Samarqand baxmali va boshka matolar, yozma kog‘ozlarni bo‘yashda ishlatiladigan qimmatbaho qirmiz bo‘yog‘i, ehtimol, O‘rta Osiyoda ham tayyorlangan. U koshenik hasharoti tanasidan olingan, o‘zi ham shu nomdagi kaktusda oziqlanib, uzoq issiq mamlakatlardan keltirilgan. Eng keyingi davr manbalariga ko‘ra, Buxoroda «qirmiz nomli qimmatbaho bo‘yoq cho‘ldagi uncha katta bo‘lmagan daraxt qurtlaridan olinadi». Shahar bozorlarida sotiladigan xushbo‘y va dorivor vositalarning ayrim turlari Movarounnahr yerlaridan, boshqalari tashqaridan keltirilgan.
Bog‘ va uzumzorlar katta yerlarni egallagan. Olma, nok, anor,shaftoli va boshqa mevalarning xilma-xil turlari haqida ko‘plab asarlarning mualliflari yozadi. Bu bog‘lar Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlarni qalin devor kabi o‘ragan edi. Zayniddin Vosifiy Toshkent bog‘larida barq urib o‘sgan gul va daraxtlar latofatini kuylagan.
Hovuzli va soya-salqin daraxtli, jildiragan jilg‘ali ajoyib bog‘lar aholining yuqori tabaqa qismiga xizmat qilgan. Bunda maxsus reja bo‘yicha ekilgan mevali va manzarali daraxtlar va ko‘plab gullar o‘sgan. Asarlar mualliflari qayd etgan sitrus ekinlar e’tiborni tortadi. Amir Temur buyrug‘i bilan tashkil etilgan bog‘da limon o‘stirilgan, aniq materiallarning ko‘rsatishicha u boshqa zamonlarda xam yetishtirilgan. M: deyarli bir yarim asrdan so‘ng Bahriddin Kashmiriyning ma’lumoticha, Buxoroning Jo‘ybor degan joyida limon, xurmo va shamshod daraxti o‘sgan.
Movarounnahrda uzumning turli navlari yetishtirilgan. Samarqandga yaqinlashar ekan, Kastiliya elchisi Klavixo Temur davlati o‘rab olgan bog‘-rog‘ va uzumzorlarni ko‘rib hayratdan yoqa ushlagan: “Bu bog‘u-rog‘lar va uzumzorlar shunchalik ko‘pki, shaharga yakinlashganing sari baland daraxtli o‘rmonni va uning o‘rtasida shaharni ko‘rasan,”- deb yozadi u.
Sohibkorlik boshqa joylarda ham, jumladan Toshkent, Andijon atroflarida rivojlangan edi. Turli uzum navlari, jumladan o‘sha asrda eng yaxshi samarqandcha va toshkentcha uzum navlari qatorida sohibi navi ham yetishtirilgan. Musallas tayyorlash rivoj topgan. Temur Samarqandni boshqa shaharlar orasida birinchi o‘ringa qo‘yib, dunyodagi mashhur shaharlar - Bog‘dod, Sultoniya va Sheroz nomi bilan ataluvchi qishloqlar qurishga farmoyish beradi. Shuningdek bir kvadrat kilometrga yaqin hajmdagi ulkan bog‘lar barpo etiladi. Ularda juda xilma-xil daraxt va gullar yetishtirilgan. Ulug‘bek davrida mashhur bo‘lgan Bog‘i maydonda o‘simliklar juda oqilona joylashtirilgan.
Bog‘cha nomi bilan ataluvchi bog‘ barpo etilishi ham Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq.Temur buyrug‘i bilan bunday bog‘larning barpo etilishi faqat davomli harbiy yurishlardan so‘ng dam olish va ko‘ngil ochish joyi istagi bilangina bog‘liq emas edi. Ularning paydo bo‘lishida siyosiy sabablar ham muhim edi. Bu yerda turli davlatlardan kelgan elchilar qabul qilinar, ular yurtiga kaytgach, Temur saltanatining go‘zalligi va haqida xabarlar tarqaldi.
Yangi bog‘larning paydo bo‘lishi turli xil, shu jumladan bu paytgacha ekilmagan o‘simliklar turlarini yetishtirish, yirik hajmdagi bog‘ maydonlarini rejalashtirish bo‘yicha ixtisoslashish va ko‘nikmalarning kengayishi bilan ko‘shib olib borildiki, bular mamlakatning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Temur hukmi bilan Samarqand atrofida qurilgan qishloq va bog‘lar davlat poytaxtining unga tutashib ketgan joylar bilan iqtisodiy markaz sifatidagi ahamiyatni kuchaytirdi.
Qishloq xo‘jaligida
Download 33.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling