Ma’lumki takt pedagogik faoliyatda muhim komponent hisoblanadi. Ayniqsa, pedagogik jarayon oʻqituvchi va oʻquvchilarning uyushgan faoliyatlari asosida tuzilgan. Shu bois oʻqituvchi pedagogik jarayonni oʻquvchilar jamoasidan tashkil topganligini unutmasligi har bir oʻquvchi shaxsini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Oʻquvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga boʻlsada yoʻqolishi, ogʻir oqibatlarni vujudga keltiradi. Muloqotning interaktiv tomoni deganda, birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir oʻtkazishi tushuniladi. Kommunikasiya orqali odamlar birgalikdagi faoliyatni tashkil etadilar. Umumiy faoliyatda ishtirok etar ekan, odamlar bir-birlariga ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun oʻzaro ta’sir birgalikdagi faoliyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Birgalikdagi faoliyatning uch xil modeli mavjud. -Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda ishning oʻziga tegishli qismini bajarishi (masalan shanbalikdagi ish) -Umumiy vazifani bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan bajarilishi (masalan konveyerdagi ish) -Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning oʻzida umumiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlishi (masalan, futbol jamoasidagi ish). Odatda muloqot jarayonidagi oʻzaro ta’sirning ikki xil turi ajratiladi. a) kooperasiyaga asoslangan oʻzaro ta’sir - kommunikativ jarayon ishtirokchilarinng umumiy maqsad yoʻlida oʻz kuchlarini birlashtirishdan iborat. Kooperasiyalarning bir necha turi farqlanadi. avtomatik (instinktiv- biologik darajada mavjud boʻladi), avtomatik (tarkib topgan ijtimoiy me’yorlar bilan an’ana va urfodatlar bilan taqozolangan boʻladi) spontan (doʻstlik, muhabbat va shu kabi munosabatlar bilan taqozolangan boʻladi) direktiv (majburiy hamkorlik hukm suruvchi joylarda mavjud boʻladi) shartnomaviy (rasmiy kelishuvlar bilan taqazolangan boʻladi). koorperasiya- birgalikdagi faoliyatning zaruriy elementi.
Do'stlaringiz bilan baham: |