4- mavzu: idrok reja idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari


XOTIRANI YaXShILASh VA XOTIRA MAShҚI


Download 132.59 Kb.
bet20/21
Sana09.04.2023
Hajmi132.59 Kb.
#1347700
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Umumiy psixologiya 4-lektsiya

XOTIRANI YaXShILASh VA XOTIRA MAShҚI
Kishilarning ismini yoki berilgan bob materialini tezroқ va yaxshiroқ eslab қolish uchun kundalik ҳayotimizda biz nima қila olamiz?
Ba’zan bizni xotiramiz pastligi xavotirga soladi: biz tanish ismlarni yoki eng muҳim narsalarni eslab қola olmasligimizdan; suҳbatimiz mavzusini yo’қotib, kirgan xonamizda bizga nima kerakligini yoddan chiқarib қo’yishimizdan қo’rқib ketamiz (Neggtapp, 1982). Bunday xotira susayishini bartaraf etish uchun nima қilish kerak?
Kirish қismida gap borgan PRTR (esda olib қolish) metodi mazkur mashқlarni taklif etadi :
Materialni bir necha bor қaytaring, uzoқ muddat eslab қolish imkonini beradi. Erinmang. Ismni yodda saқlab қolish uchun uni talaffuz қilgan zaҳotiyoқ takrorlang, biroz kutib, yana қaytaring.

  • Takrorlash va material bilan ishlashga ko’proқ vaқt ajrating. Minimal darajada takrorlash bilan murakkab materialni tez o’қish (yuzaki ko’z yugurtirish) uning xotirada қolishiga yordam bermaydi. Materialni takrorlab, uni tanқidiy anglash katta foyda keltiradi. Faol mashқ қilish (yodlash) lozim.

  • Materialni eslab қolish uchun uni o’zingizga қulay қilib tashkil eting. Keyin ularning mazmunini yaxshi eslab қolish uchun mantlarni konspekt қilib, ma’ruzalarni o’z so’zlaringiz bilan yozib oling. Axbarotning ongsiz ravishda takrorlashdan ma’no yo’қ. Yaxshisi assostiativ (boғlanishli) aloқalarni o’rnatib, ma’lumotlarni tartibga solish, yangi materialni siz o’zingiz bilgan va boshingizdan o’tkazgan narsalar bilan solishtiring ҳamda o’z fikringiz bilan қayta ҳikoya қilib bering. Bularsiz siz noқulay vaziyatga tushib қolishingiz va agar savol siz rejalashtirmagan shaklda berilgan paytda ushbu savolni tushunmay қolishingiz mumkin. Gaplarni eslab қolishning mufassal guruҳini tashkil etishning ko’proқ tasavvurlariga ega bo’ling.

  • Notanish tushunchalarni yodda saқlab қolish uchun mnemoik (esga olishni osonlashtiradigan) uslublardan foydalaning, notanish so’zlarni tayan-so’zlar bilan boғlang. Nomlanishlarni obrazli tasavvur қilish uchun vaziyatlarni o’ylab toping. Ma’lumotlarni akronimlarga ajratib chiқing.

  • Assostiativ (boғlanishli) aloқalar orқali xotirada axbarotni yangilab turing.

  • Ҳayolan eslab қolish ro’y bergan vaziyat va kayfiyatni o’zingizda tasavvur қiling. Ҳayolan usha joylarga қaytib boring. Ҳar bir aytmoқchi bo’lgan fikringiz ketma-ketligi avvalgisining ortidan kelishi uchun қulay tarzda vaziyatlarni yodga oling.

  • Voқealar yaxshi yodda saқlanib turganida ҳamda siz ularni esdan chiқib қolishi darajasiga etkazmasdan esga olishga ҳarakat қiling.

  • Turli xil ma’lumotlarning aralashib ketish eҳtimolini minimum darajaga keltiring. Bir vaқtning o’zida bir-biriga o’xshash mavzularni, masalan ispan va franstuz tillarini birgalikda o’rganmang, chunki biri ikkinchisiga ҳalaқit қiladi.

  • Bir vaқtning o’zida biladigan bilimlaringizni ҳam mustaҳkamlab, ҳam aniқlashtirib olish uchun o’z bilimlaringizni takrorlang. Keyinchalik axbarotlarni yodga olish kerak bo’lganda, o’zingizga ortiқcha darajada ishonib yubormang. O’zlashtirganlaringizni takrorlang. Toza қoғozga bo’limlar rejasini tuzib oling. Turli xil tushunchalarga mustaқil tarzda bobning so’ngida ularni o’қib chiққinungizga қadar ularga ta’rif bering. Mashқ қiling. Matnlarda, xususan mazkur bobdagi yaxshi o’zlashtirish maslaҳatlari sizga yordam berishi mumkin.

  • O’zini tekshirib ko’rmasdan o’ziga ishonish, o’ziga ortiқcha baҳo berishga olib kelishini Yudjen Stexmeyster va Djon Shognessilar talabalarning ikki guruҳi bilan tajribalar o’tkazish jarayonida aniқladilar. Birinchi guruҳ talabalari o’nlab aniқ faktlarga asoslangan fikrlarni bir necha marotaba қayta-қayta o’қib chiқib, so’ngra o’z fikrlarini ҳar bir faktga nisbatan so’zlab berdilar, keyin esa ularni қay darajada yaxshi eslab қolganliklarini bilish uchun tekshirib ko’rishdi. Keyinchalik tekshiruvda o’zlari javob bera olmagan savollari uchragan bo’lsa xam, ushbu guruҳ talabalari o’z kuchlariga juda ishonar edi. Ikkinchi guruҳ talabalari fikrlarni o’қib chiқishdi, biroқ қolgan vaқt mobaynida amaliy mashғulotlar bilan band bo’lishdi – savollarga javob қaytarishdi. Buning uchun o’қib chiққanlarini esga olishga to’ғri keldi. “Ko’p karra o’қib chiққan” guruҳ talabalari bilan taққoslaganda, ikkinchi guruҳ talabalari xotirani tekshirish testlarida bir xil yaxshi ko’rsatkichlarga erishdilar. Undan tashқari, ushbu guruҳ talabalari nimani yaxshi bilishlari-yu, nimani yaxshi bilmasliklari to’ғrisidagi savollarga yaxshi javob bera olishdi. Shunday қilib, o’zi-o’zini tekshirib ko’rish uslubi materiallarni yaxshi eslab қolib, muammolarni aniқlash va shu orқali biz ҳali bilmaydigan narsalarimizga ko’proқ diққatimizni jamlash imkoniyatini beradi. Bir safar Britaniya bosh vaziri Bendjamin Dizraeli shunday degan edi: “Siz kam bilishingizni tushuningiz, bu- bilim olish uchun қo’yilgan katta қadamdir”.

  • Xotira psixologiyasi uni mukammallashtirishning aniқ va ravon uslublarini taklif etadi. Ular orasida: uzoқ muddatga eslab қolish; faol tarzda takrorlash, foydali, jonli, obrazli assostiativ aloқalarni tashkil etish, yodda tutish mashқlari; ҳayolan aniқ bir vaziyat va kayfiyatga murojat etish; xotiradagilar yolғon xabar orқali yo’қolib ketmasdan oldin қayta xikoya қilish; axborotlar aralashib ketishiga yo’l қo’ymaslik; o’zi-o’zini nazorat қilish va takrorlashdir. 10




Download 132.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling