MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Xotira – bu:
a) avval orttirilgan bilimlarni saqlash;
b) amaliy faoliyatda o‘tmish tajribasidan foydalanish psixik jarayoni;
v) hissiyotlar va idroklarga asoslangan insonning tajribani eslash qobiliyati;
g) inson o‘tmish tajribasini esda olib qolish, esda saqlash va eslashning psixik jarayoni.
2. Xotira jarayonlari:
a) esda olib qolish, assotsiatsiyalar, tasavvurlar;
b) esda olib qolish, esda saqlash, tasavvurlar;
v) esda olib qolish, esda saqlash, eslash, unutish;
g) esda olib qolish, tasavvurlar, unutish.
3. Xotiraning harakat, emotsional, obrazli va verbal xotiralariga bo‘linishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) etakchi analizator;
b) aks ettirish predmeti;
v) sub’ekt faolligi;
g) faoliyat turi.
4. Xotiraning yuksak turi ... xotira hisoblanadi:
a) harakatli;
b) obrazli;
v) emotsional;
g) verbal.
5. Materialni esda olib qolish oson kechadigan holat:
a) maqsadga erishish shartiga kiritilganida;
b) faoliyat asosiy maqsadi mazmuniga kirganida;
v) maqsadga erishish usullariga kiritilganida;
g) erkin tartibda berilganida.
Do'stlaringiz bilan baham: |