4- mavzu: idrok reja idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari


Download 132.59 Kb.
bet18/21
Sana09.04.2023
Hajmi132.59 Kb.
#1347700
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Umumiy psixologiya 4-lektsiya

Aloqalar metodi matnning tayanch so‘zlarini yagona yaxlit hosilaga, yagona hikoyaga birlashtirishdan iborat.
Joylar metodi ko‘rish assotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak bo‘lgan jismni aniq tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin bo‘lgan joy obrazi bilan birlashtirish zarur. Bu metod jismlar va joylar izchilligi tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asoslangan.
Doimiy yo‘nalish sifatida ish joyigacha bo‘lgan yo‘l, xonadondagi xonalar va xonalar ichkarisidagi alohida «joylar» (divan, shkaf, kreslo va boshqalar) joylashuvi xizmat qilishi mumkin. Joylar ma’lum izchillikda raqamlanadi va esda olib qolinishi zarur bo‘lgan jismlar ko‘rish obrazlarini xotirada qayd etgan holda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha joylashtiriladi. Shu tarzda zarur material ma’lum izchillikda esda olib qolinadi.[2]
7.Amaliy tavsiyalar.
Insonga ko’plab turli-tuman jismlar va ҳodisalar o’z ta’sirini ko’rsatadi, lekin bir muncha muddatdan so’ng biz idrok қilgan jismlardan ba’zilarining obrazlarini tasodifan yoki bilgan ҳolda xotiramizda tiklashimiz mumkin. Bu ҳodisa tasavvur deb ataladi.
Tasavvurlarni xotiraning birlamchi va emostional ta’sir obrazlaridan farқlash zaruriyatiga e’tibor қaratish lozim.
Xotiraning birlamchi obrazlari deb, bevosita ob’ektning idrok қilinishidan so’ng paydo bo’ladigan va soniyalar bilan o’lchanadigan vaқt oraliғida saқlanib қoladigan obrazlarga aytiladi. Masalan, bir-ikki soniya biror jism – ruchka, stol lampasi, suratga tikilib turing, so’ng ko’zlaringizni yumib, uni iloji boricha yorқinroқ tasavvur қilishga ҳarakat қiling. Siz darҳol tez orada so’nuvchan va ғoyib bo’ladigan yorқin va jonli obrazni ҳosil қilasiz. Xotiraning birlamchi obrazlari izchil obrazlarga o’xshash ma’lum xususiyatlarga ega bo’ladilar: a) ob’ektni idrok қilishdan so’ng paydo bo’ladi; b) davomiyligi juda oz; v) yorқinligi, jonliligi va ko’rgazmaliligi ko’rgazmali tasavvurlarga қaraganda ko’proқ bo’ladi; g) yagona idrok ildiziga ega, umumlashtirishdan iborat bo’lmaydi.
Ikkinchi tomondan, ular izchil obrazlardan farқ қiluvchi, ҳaқiқiy tasavvurlarga yaқinlashtiruvchi xossalarga ega. Birinchidan, xotiraning birlamchi obrazlari idrok қilishda diққatning ma’lum ob’ektga yo’nalganligiga boғliқ. Ikkinchidan, yorқin izchil obrazni ҳosil қilish uchun uzoқ vaқt (15-20 soniya) ma’lum ob’ektga tikilib turish lozim, xotiraning yorқin birlamchi obrazlari esa davomiy bo’lmagan idrok қilish (1-2 sek.) vaқt oraliғida ҳosil bo’ladi.[1]
      1. Emostional ta’sir obrazlari deb, bir jinsli ob’ektlar yoki kuchli ҳissiy ta’sir ko’rsatgan ob’ektni davomli idrok қilgandan so’ng ongda o’ta jonlilik bilan paydo bo’ladigan ixtiyorsiz obrazlarga aytiladi. Masalan, қo’ziқorin terib, o’rmonda uzoқ vaқt sayr қilgan odam uxlashga yotib, ko’zlarini yumganida uning ongida o’rmon manzaralari, barglar, o’t-o’lanlar obrazlari etarlicha yorқin ranglarda paydo bo’ladi. Yoki, қandaydir kuyni tinglaganingizdan so’ng u uzoқ vaқt «қuloқlaringiz ostida jaranglab turadi». Ko’pincha, bu ҳissiyotlarni junbushga keltirgan kuy bo’lib chiқadi. Emostional ta’sirli obrazlar aniқligi va ko’rgazmaliligi, va ixtiyorsizligi, shuningdek, umumlashtirishga ega bo’lmagan idrokning oddiy nusxasi ekanligi bilan izchil obrazlarga o’xshash bo’ladi. Lekin ular izchil obrazlardan idrokdan vaқt bo’yicha bir necha soatlar, ba’zida esa ҳatto bir necha kunlar bilan ajratilgan bo’lishi bilan farқ қiladi.


Barcha odamlar bir-birlaridan u yoki bu ko’rinishdagi tasavvurlarning ular ҳayotida ijro қiladigan rollariga ko’ra tafovutlanadilar. Ba’zilarda ko’rish, boshқalarda – eshitish, қolganlarida – ҳarakatli tasavvurlar ustunlik қiladi. Barcha odamlar tasavvur tipining ustunligiga ko’ra ko’rish, eshitish, ҳarakatli va aralash tasavvurlar ustunligi ifodalanadigan guruҳlarga ajratilishi mumkin.

Download 132.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling