4- mavzu: idrok reja idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari
Download 132.59 Kb.
|
Umumiy psixologiya 4-lektsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obraz li xotira
- S o‘z-mantiqiy xotira
Harakat xotirasi – bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Emotsional xotira – bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarni uyg‘otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon bo‘ladi. Obrazli xotira – bu tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz, hid, ta’mlarga nisbatan bo‘lgan xotira. U ko‘rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta’m bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan eydetik xotira – ba’zi individlarning(eydetiklar) avval idrok qilingan jism va sahnalar o‘ta to‘laqonli va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi. Eydetik obrazlar jismning mavjud emasligida yuzaga kelib, oddiy tasavvurga xos bo‘lmagan izchil ko‘rgazmalilik xususiyatiga ega bo‘lishi bilan tasavvurlarga o‘xshash bo‘ladi. So‘z-mantiqiy xotira fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslashda ifodalanadi. So‘z-mantiqiy (semantik, verbal) xotira yordamida inson aqliy qobiliyati axborot bazasi hosil bo‘ladi, ko‘pchilik fikrlash operatsiyalari (o‘qish, hisob va h.k.) amalga oshiriladi. So‘z-mantiqiy xotirada muhim o‘rinni ikkinchi xabar tizimi egallaydi. So‘z-mantiqiy xotira – bu o‘zining sodda shakllarida hayvonlarga ham xos bo‘lgan motorli, emotsional va obrazli xotiralardan farqli ravishda faqat insonga xos bo‘lgan maxsus xotira. Xotiraning bu turi maktab va oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishda etakchi o‘rinni egallaydi. Xotira faoliyat maqsadiga bog‘liqligiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiralarga bo‘linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega bo‘lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. Shunday maqsad ko‘zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so‘z yuritiladi. Axborot saqlashning vaqt bo‘yicha belgilanganligiga bog‘liq ravishda xotirani qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo‘lish mumkin. Chegaralangan vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan va ushlab qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan ajralib turadigan xotira qisqa muddatli xotira deyiladi.Bu xotira idrok qilinganlarning faqatgina umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik elementlarini saqlab qoladi. Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt bilan chegaralangan.[1] Download 132.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling