4- mavzu. Inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi siyosat reja


Download 327.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana25.02.2023
Hajmi327.06 Kb.
#1229330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu Inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi siyosaT

Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining 
kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan ‘aydo bo’ladi. 
Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. 
Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning 
bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan 
xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i 
narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Bu holatni ham chizma orqali ko’rib chiqamiz (4.2-chizma). 
4.2-chizma
Taklif inflyatsiyasi 
 
Chizmadan ko’rinadiki, xarajatlarning o’sishi natijasida yal’i taklif egri 
chizig’ining AS

dan AS
1
ga qisqarishi mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajat 
miqdorini oshirib, narxlarning ‘

dan ‘
1
darajaga qadar ko’tarilishiga, real ishlab 
chiqarish hajmining esa Y

dan Y

ga qadar qisqarishiga olib keladi.  
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining 
buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab 
chiqarish omillari bahosining keskin ko’’ayishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi 


olimlarning fikriga ko’ra, taklif inflyatsiyasi o’z-o’zini cheklaydi. Ishlab 
chiqarishning ‘asayishi xarajatlarning qo’shimcha o’sishini cheklaydi, chunki 
ishsizlikning o’sishi nominal ish haqining asta-sekin ‘asayishiga olib keladi. Talab 
inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’ladi. 
Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy 
hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir 
bo’ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o’sishi aholi 
qo’lidagi ‘ulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib 
keladi. Bunday hol ‘ul birligining xarid quvvatini ‘asaytiradi, bir miqdordagi ‘ulga 
joriy yilda o’tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning 
real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 
30% ga ko’’aygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo’lsa, unda aholining real 
daromadlari 20% ga kamaygan bo’ladi. Chunki, narxlarning o’sishi aholi ‘ul 
daromadlarining o’sishidan yuqori bo’lgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki 
kutilmayotganiga ham bog’liq. 

Download 327.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling