4- mavzu: Markaziy Osiyo xonliklarida moliya


Xonliklarning davlat daromadlari


Download 27.38 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi27.38 Kb.
#1559570
1   2   3   4
Bog'liq
4- Mavzu.Davlat moliya tarixi

2. Xonliklarning davlat daromadlari
Xonliklarniig davlat daromadlari XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida bu xonlnklarda paxtachilik, qorakulchilik, pillachilik keng rivojlandi. Birinchi imperialistik urushgacha Buxoro xonligida 60 ta birlamchi ishlov beruvchi korxona va isteʼmol buyumlari ishlab chiqarish korxonalari mavjud edi. 1916-yil Xiva xonligida 36 ta paxta tozalash, 4 ta zavodi ishlardi. Oʻrta Osiyoda davlat mulki hisobida qishloq xoʻjaligi boʻyicha yer soligʻi ikki usulda: muvazif - moyyana xiroji va muqosima - moyyanasiz xirojda yigʻib olingan. Moyyana xirojda yer uchastkasining maydoniga qarab pul kurinishida olingan. Oʻrta Osiyoning Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin 1873-yildan boshlab Turkman xalqining harbiy yerlari davlat hisobiga oʻtib ketdi, armiyasi esa, tarqab ketgan.
Chorva soligʻi zakot usulida solinar edi. Har 5 ta tuyadan 1 ta quy, 40 tadan 100 tagacha qoʻy yoki echkisi boʻlgan dehqondan 1 ta qoʻy yoki qoʻzi, 101 tadan 201 gacha boʻlgan qoʻy qoʻzilardan 2 tadan qoʻy yoki qoʻzi olishgan.
Tovar pul munosabatlarining rivojlanishi munosabati bilan XX asrning birinchi 10 yilligida soliqlarni pul koʻrinishida tulash usuli yoʻlga qoʻyildi. 1834-yildan Angliya, Hindiston tovarlariga koʻp asrdan buyon Rossiya savdosi, Gʻarb mamlakatlari savdosi kirib kelgan. Davlat daromadlariga sanoat soligʻi yetishtirilayotgan mahsulotdan soliq, zakot tushumlari kelib tushgan. Zakotga qoʻshimcha sifatida omina yigʻimi ham boʻlgan, bu asosan eksportda qoʻllanilgan. 1911-1912-yillarda omina tushumi paxta boʻyicha 225 ming rublni tashkil qilgan, hammasi boʻlib, 1,5 mln. Savdoda soliq boj usuli ham qoʻllanilgan. Boj asosan karvonlardan olingan. Chet mamlakatlar 5% zakot toʻlangan. Xiva savdogarlari esa, tovar olib chiqib ketish uchun boj toʻlagan. Ichki savdoda oborot kapitalining 2% da patak puli olingan.
Bundan tashqari ichki savdoda tagjoy, taroz yigʻimi yigʻilgan, zakot asosan qorakulchilikka solingan.
3. Buxoro xonligida mahaliy soliq va yigʻimlar
Yuqorida koʻrsatganimizdek, XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligining anchagina qismi Rossiya tomonidan bosib olinishi amirlik moliyasida jiddiy sifat sabab boʻldi. Yillik soliq va tushumlar oldingi davrga nisbatan qisqarib ketdi, lekin shunga qaramasdan amirlikka kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi temir yoʻl qurilishi natijasida paxtachilik, qorakoʻlchilik, pillachilik, chorvachilik va boshqa tarmoqlarning rivojlanishini Kogonda Rossiya bankining filialining ochilishi tovar-pul munosabatlarini kengayishi xazina daromadlarining koʻpayishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Birinchi jahon urushi arafasida amirlik qishloq xoʻjaligi xom-ashyosini qayti ishlovchi qariyb 60 ga yaqin Rossiya korxonalari boʻlib, bundan tashqari amirlik xazina mablagʻlari ishtiroki metropoliyadagi yirik birlashmalar faoliyatida yangi bosqichga koʻtardi.
Amirlik iqtisodiyotidagi bu sifat oʻzgarishlari soliqlar tarkibi va yoʻnalishlarini oʻzgartirishga va ularni zamon talablariga moslashtirishga ozmi koʻpmi taʼsir koʻrsatmasdan qolmadi. Bu taʼsirni koʻrsatish uchun amirlikning oldingi davridagi daromadlari va shu jumladan soliqlar haqidagi maʼlumotlar bilan qisman boʻlsa ham tanishish talab qilinadi.
Amir soliqlar haqidagi rasmiy maʼlumotlarni qattiq sir saqlardi. Soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosan taxminiy boʻlardi. Sadriddin Ayniy yozganidek, “Buxoro xukumatida hech bir muntazam idora boʻlmaganidek, muntazam madoxil va maxorij daftari ham yoʻq edi”. Rossiya siyosiy agentligining xususiy yoʻl bilan qoʻlga kiritgan maʼlumotlarga koʻra, 1909-yilda amirlikda hammasi boʻlib, davlat xazinasiga 7349.5 ming soʻm, jumladan, 4909.5 ming soʻm miqdoridagi yer oʻlponi tushgan.

Download 27.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling