4- mavzu: Markaziy Osiyo xonliklarida moliya


Davlat xazinasining boshqarilishi


Download 27.38 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi27.38 Kb.
#1559570
1   2   3   4
Bog'liq
4- Mavzu.Davlat moliya tarixi

4. Davlat xazinasining boshqarilishi
Rossiya tashqi ishlar vazirligining 1912-yilda davlat soliqlari tushumi haqidagi rasmiy soʻraviga Buxoro xukumati bildirgan javobda quyidagi raqamlar (tabiiyki, ochiqdan-ochiq kamaytirib koʻrsatilgan) keltiriladi:
Soliq turlari : Soliq summasi (ming soʻm) |Uning salmogʻi (% larda)
Yer soligʻi (xiroj) : 1850 |55.3
Savdo soligʻi: 1225 |36.6
Chorvachilik soligʻi: 270 |8.1
Jami: 3345 |100.0
Yer soligʻi ikki xil shaklda olingan. birinchisi muvozif – bir xil miqdorda toʻlanadigan xiroj. Ikkinchisi muqosima deb atalib, bu xirojning miqdori har yili yigʻilgan hosilga qarab natura shaklida belgilangan. Baʼzan tez buziladigan mahsulotlar – xoʻl meva, sabzavot, poliz mahsulotlari, uzumga bir xil miqdordagi soliq olingan. yerga egalik qilishning turli shakllari (vaqf, mulk, amlok) orasida amlok yoki davlat yerlari ustunlik qilardi. Amlok yerlar davlat mulki hisoblanib, mayda tarqoq daxqon xoʻjaliklari tasarrufida edi. Amlok yerlardan olingan butun mahsulot ikki qism: amir va dexqonlarnikidan iborat boʻlardi. Ulardan olingan xiroj bilan jami mahsulot oʻrtasidagi nisbat turli viloyatlarda turlicha edi.
Buxoro qushbegisining 1912-yil 14-oktyabrda Rossiya siyosiy agentligi yozgan xatida taʼkidlanishicha, “xiroj bazi viloyatlarda aholidan hosilning oʻndan biridan beshdan birigacha, boshqalarda toʻrtdan biridan uchdan birigacha miqdorda, uchinchisida esa bir tanga (15 tiyin)dan undirilmoqda”. Garchi hatto turli viloyatlarda soliq stavkalari darajasini belgilovchi asosiy omillar koʻrsatilmagan boʻlsa da, tadqiqotlar rasmiy xukumat stavkalari amlokdorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilib turilganidan dalolat bermoqda. Bunda xirojdan tashqari, mahalliy maʼmuriyat foydasiga qoʻshimcha juda koʻplab soliqlar ham yigʻib olinardi.
5. Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining xonliklar davlat moliyasiga taʼsiri
Davlat gʻaznasiga soliq va yigʻimlardan tashqari davlag mulkidan ham tushumlar tushar edi: tanga ishlab chiqarishdan, qorakulchilikdan, paxta zavodlaridan, yer sotishlardan, temir yoʻldan, mulkni ekspluatatsiya qilishdan tushgan. Shularning ichida tanga daromadi koʻproqni tashkil qilgan.
Oʻrta Osiyoni Rossiyaga qoʻshib olinishi ularni milliy valyutasini birlashtirmadi. Xonliklarda tangalar ishlatildi.
Xonliklarning valyutalariga 1893-yil Rossiya oʻz taʼsirini utkazdi, yani tanganing ramzini oʻzgartirdi. Tangalar kumushdan, oltindan, misdan yasalgan, Xiva xonligida har bir funt kumushdan 158 tanga ishlab kumushdan, 3 rubl 75 kop., 6 rubl 10 kop. gʻaznaga ajratma ajratilgan. Mana shu 1 funt kumushni tangaga aylantirish xarajati 6 tangani tashkil etgan. Tilla tangalar asosan tashqi savdoda qoʻllanilgan. Tilla tangalar ishlab chiqarishdan kelgan daromad yiliga 186 ming rublni tashkil qilgan.
Mis tangalar asosan maydalash uchun ishlatilgan. Uni ishlab chiqarish kam miqdorni tashkil qilgan. 1908-yil amir 150 ming rubllik mis chaqa ishlab chiqarishni talab qilgan. 1898-yildan 1902-yilgacha 250-300 pud mis pullar ishlab chiqarilgan. Buxoro xonligida 26 ta paxta tozalash zavodidan, 3 tasi xonga tegishli edi, bu korxonalar arzon xom ashyo bilan taʼminlanar edi. Yer sotishdan tushumlar ham yuqori salmoqni egallagan va ijaradan tushumlar tushgan. Shartnomalar 8-10 yilgacha tuzilgan. Shartnoma boʻyicha 300 batmon yerga yiliga 100 ming rubl ijara haqi toʻlangan.
Oʻrta OsiyoningRossiyaga qoplab olinishi natijasida Oʻrta Osiyoga sanoat, temir yoʻl qurilishi, madaniyat, maorif, tibbiyot kirib keldi. Lekin tabiiy resurslarga boy ulkaning moliyaviy siyosatiga taʼsiri maʼlum darajada sezilmadi. Buxoro amirligi, Xiva xonligi oʻzlarining zuravonlik bilan oʻndirilib boriladigan gʻaznasi toʻlib boraverdi. Ammo 1880-yilga nisbatan 1910-yil Amir va xonlarning xarajatlari bir muncha qisqargan.
300-yil davom etgan Buxoro amirligi va Xiva xonligida feodal jamiyat boʻlib, boshqaruvchining 3 ta tarmogʻi boʻlgan harbiy mahkama, moliya mahkamasi va umumjamiyat ishlari mahkamasi. Xonliklarining valyutalariga 1893-yil Rossiya oʻz taʼsirini utkazdi, yaʼni tanganing ramzini oʻzgartirdi.



Download 27.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling