4- mavzu: Markaziy Osiyo xonliklarida moliya


Download 27.38 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi27.38 Kb.
#1559570
  1   2   3   4
Bog'liq
4- Mavzu.Davlat moliya tarixi


4- mavzu: Markaziy Osiyo xonliklarida moliya
1. Ikki xonliklar moliyasining bir xil tizimidaligi
2. Xonliklarning davlat daromadlari
3. Buxoro xonligida mahaliy soliq va yigʻimlar
4. Davlat xazinasining boshqarilishi
5. Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining xonliklar davlat moliyasiga taʼsiri
1. Ikki xonliklar moliyasining bir xil tizimidaligi
Oʻrta Osiyoning Rossiyaga qoʻshib olinishi natijasida Oʻrta Osiyoga sanoat, temir yoʻl qurilishi madaniyat, maorif, tibbiyot kirib keldi. Ammo tabiy resurslarga boy oʻlkaning moliyaviy siyosatiga taʼsir maʼlum darajada sezilmadi.
1880-yilga nisbatan 1910-yil Amir va xonlarning xarajatlari bir muncha qisqargan. Turkiston xarajatlar roʻyxatida yoʻq boʻlgan kursatkichlar xonning xarajatida bor boʻlgan. Suv xoʻjaliga boʻyicha Asfandiyor oʻzining hiyla makri bilan xalqdan general gubernatorlikning talabi deb xalqdan soliq yigʻishgan. Amirning shaxsiy xarajatlari 2 mln.dan 5 mlnga yetgan. Armiya uchun 2 - 2,5 mln, diniy tadbirlar uchun 100 mingdan 1 mln.gacha va boshqa xarajatlar 100 mingdan 300 minggacha boʻlgan. Bundan tashqari xonning oilasi uchun, saroy qurilishi uchun, vazir va amaldorlarga sovgʻa-salomlari uchun xarajatlar ham boʻlgan. Buxoro amiri temir yoʻl qurilishiga va oʻzining qoʻshinlaridan tashqari rus armiyasiga ham birinchi darajali yordam koʻrsatar edi. 1905-yildagi revolyutsiyaning oʻziga 1 mln. xarajat sarfladi.
1912-yil Xiva xonligida boshqaruv ishlari boʻyicha 80ta odam ishlar ekan. Buxoro xonligada 27ta bek, yaʼni 27 viloyat boʻlgan, Xivada 17ta viloyatlarni xon tomonidan tayinlangan beklar, qozilar, rais va muftilar boshqarishgan. Buxoro xonligning oʻzida 30 mingdan ortiq amaldorlari boʻlgan, bularning hammasi gʻazna hisobiga yashashgan. Xonliklarni Rossiya imperiyasi qoʻriqchilari edi. Temir yoʻl qurilishini 25%ni Buxoro va Xiva xonligi qoplagan. Yoʻl qurilishlarining oʻziga 6-7 mln. xarajat ketgan. Amirning mablagʻi hisobiga 3 ta paxta zavodi qurilgan. Savdo va sanoatni kredit mablagʻlari bilan taʼminlab turgan. Shu yoʻllar bilan Oktyabr revolyutsiyasiga kelib amirning kapitali 100 mln. rubldan oshib ketgan. 1909 va 1911-yilda Logofetnik Qonunsiz mamlakat deb nomlangan kitobi chiqdi. Quyidagi moliya iqtisod reformalari chiqqan:
1. Xiroj sistemasidan tanob sistemasiga oʻtish.
2. Buxoro davlati boʻyicha davlat byudjetining qurilishi va moliyaviy nazorat.
3. Buxoro armiyasini tarqatib yuborilishi va bu xarajatlarni
tibbiyotga, maorifga, suv xoʻjaligaga va yoʻl qurilishiga
yunaltirilishi.
4. Beklar orasidagi ichki beklarni bekor kilish.
5. Shtat tuzimini tuzish.
Byudjetning xarajat qismi kuyidagilardan iborat.
1. Zulm oʻtkazish aparatiga 5165,6 ming
2. Xoʻjalik xarajatlariga 809,5 ming
3. Madaniyat ishlariga 443,0 ming rubl. Byudjetning 50% harbiy
xarajatga sarflangan.

Download 27.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling