4- mavzu. Pedagogik diagnostikaning umumiy metodlari Reja: Diagnostikada metodlarni tanlash talablari
Download 79.5 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. So‘roqlash metodi.
1. Kuzatuv metodi. Pedagogik diagnostikada kuzatuv metodi o‘quvchi-talabaning o‘qish talabini – munosabatini, mas’uliyatini, qiziqishini, bilimga intilishini aniqlaydi. Tabiiyki, o‘quvchi-talabadagi bunday xislatlarni belgilashda uning xarakteri, xulq-atvori va ijtimoiy jihatlariga katta ahamiyat beriladi., chunki o‘quvchi-talabaning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashda shaxsiy, oilaviy, axloqiy ko‘rsatkichlar muhim rol o‘ynaydi. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘linadi.
Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o‘quvchi-talaba shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun diagnostika ishlarini olib boruvchidan quyidagilar talab etiladi: 1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish; 3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish; 5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik. . O‘quvchi (talaba)ni kuzatish Shaxsiy Axloqiy
X ulqi Ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega 2. So‘roqlash metodi. Pedagogik diagnostikada so‘roqlash metodi qadim-qadimlardan qo‘llanib kelinadi. Ushbu metod deyarli o‘qish, o‘qitish, o‘rganish jarayoni boshlangandan buyon mavjud. Agar kuzatish metodida o‘quvchi-talabaning axloqiy-ma’naviy tamoyillari, qiziqishi, munosabati, fikrlash doirasi, hamkorlikka moyilligi o‘rganilsa, Pedagogik diagnostikada so‘roqlash metodi o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirishi va bilim sifati haqida ko‘proq axborot to‘plash imkoniyatini beradi. Shu bilan birgalikda, u yoki bu shaxs to‘g‘risida ob’ektiv yoki sub’ektiv ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Axborotlarni olish, saqlash – og‘zaki, yozma, standartlashtirilgan, yakka, juft, kichik guruhlarga bo‘lingan holda bir yoki bir necha bor so‘rash asosida to‘planadi va qayta ishlanadi. Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling