4- mavzu. Pedagogik diagnostikaning umumiy metodlari Reja: Diagnostikada metodlarni tanlash talablari


Download 79.5 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1475887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

11. Matematik-statistik metod. Ushbu metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda diagnostikaning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat diagnostika samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Hozirgi kunda matematik-statistik metodning Styudent, Ko‘virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Reyting nima? U an’anaviy baholashdan nimasi bilan farqlanadi? Baholashning reyting metodi joriy etilgach, biz nimalarga erishamiz?
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, reyting metodi asosida olingan natijalar adolatli va haqqoniy bo‘ladi.
Reyting – inglizcha “rating” so‘zidan olingan bo‘lib, baho, tartib yoki uning lug‘aviy ma’nosi “individual koeffitsent” degan ma’noni bildiradi. Reyting inson faoliyatidagi ijobiy va salbiy tomonlar o‘zgarishini anglatadi. Reyting, allaqachon, ko‘pgina mamlakatlarda qo‘yiladigan baho sifatida foydalanib kelinmoqda. O‘quvchi-talabalar bilimini bunday baholash usulining mohiyati o‘quvchi-talabaga uzluksiz bilim olish va olgan bilimi natijasini muttasil tekshirib turish imkoniyatini beradi.
Bilim sifatining bunday tizimi ta’lim muassasalarimizda mustaqillik yillarida iste’molga kiritildi. Reyting tizimi o‘quvchi-talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini o‘quv fanlari kesimida ta’lim standartlarining barcha talablari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlar sifati hamda samaradorligini baholash jarayonidir.
Reytingni ilg‘or metod sifatida shoshmashosharlik qilmasdan puxta o‘rganib, unga yetarli muhit, sharoit va baza yaratmasdan, o‘quvchi-talabalar, pedagog, ota-onalarni ushbu jarayonga tayyorlamasdan turib amalda qo‘llash mumkin emas. Shoshmashosharlik bilan tayyorgarliksiz qo‘llanilgan reyting tizimi o‘quvchi-talabalar, o‘qituvchilar va ota-onalar nazdida ishonchsizlikka uchrab, rasmiyatchilikka yo‘l tutishi mumkin.
Mutaxassis tayyorlashda eng muhim bo‘lgan jarayonlardan biri o‘quvchi-talabalarning bilimini aniqlash va baholashdir. Shu bois, o‘quv shartlarida qo‘llanilayotgan ko‘p balli baholash (reyting) ma’lum mutaxassislar tayyorlashda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha xalqaro mezonga o‘tishni ta’minlashga qaratilgan.
O‘quvchi-talabalar bilimini nazorat qilish hamda baholashda reyting tizimiga o‘tishdan maqsad:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga asoslangan davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshirish.
2. O‘quvchi-talabaning o‘zlashtirish darajasini aniqlashda haqqoniy, aniq va adolatli baholash.
3. Reyting tizimida har xil nazorat turlaridan keng foydalanish.
4. O‘quvchi-talaba to‘plagan ballari orqali ma’lum bir fan bo‘yicha imtihon sinovda oladigan bahosini oldindan bilib olishi va kam ball to‘plaganlarni ko‘rsatkichni yaxshilash uchun oldindan harakat qilishga undash.
5. O‘quvchi-talabalarning o‘quv yili davomida o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha nazoratlarning qachon, qanday turi o‘tkazilishini bilishi va unga tayyorgarlik ko‘rib borishlarini pedagogik hamda psixologik jihatdan yo‘naltirib borish.
6. O‘quvchi-talabalarning mustaqil ishlash samaradorligini oshirish va b.
Reyting tizimi asosida o‘quv rejasiga kiritilgan har bir fan bo‘yicha o‘quvchi-talaba o‘zlashtirishining sifat ko‘rsatkichini ball bilan baholash yotadi. Har bir chorakdagi fanlardan to‘plangan ballar yig‘indisi o‘quvchi-talabaning kurs reytingini tashkil qiladi.
Fanlar bo‘yicha o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirishini nazorat qilish 3 xil yo‘l bilan amalga oshiriladi.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling