4- mavzu. Pedagogik diagnostikaning umumiy metodlari Reja: Diagnostikada metodlarni tanlash talablari


Download 79.5 Kb.
bet7/7
Sana09.06.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1475887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

1. Kundalik nazorat (KN) – berilgan bilimning o‘quvchi-talabalar tomonidan qay daradajada o‘zlashtirilayotganini muntazam ravishda nazorat qilinishidir. Bunda o‘qituvchi fanning xususiyatiga qarab dars jarayonida og‘zaki so‘rov, uy vazifalarini tekshirish, refarat yozish, noan’anaviy dars turlari (seminar, anjuman musobaqa, har xil bellashuvlar va h.) dan foydalanishi mumkin. Amaliy mashg‘ulotlar (misol va masalalar yechish, laboratoriya ishlarini bajarish, didaktik materiallar bilan ishlash va mustaqil ishlar) yozma ishlar asosida o‘quvchi-talabalar bilimining darajalarini aniqlaydi. Kundalik nazorat reyting tizimining eng muhim bosqichidir.
2. Oraliq nazorat (ON) – mazkur fan bo‘yicha o‘tiladigan bir necha mavzularni, boblarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, u orqali ayrim boblar, mavzular yig‘indisi asosida yozma ish, test sinovlari o‘tkaziladi.
3. Yakuniy nazorat (YaN) – o‘quv rejasidagi fan uchun ajratilgan soatlar tugagach, barcha o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bu nazorat turi dastur mavzusi to‘liq aks ettirilgan test sinovi yoki nazorat ishi shaklida o‘tkaziladi.
Ta’lim olganlikni tashxis etish. Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash sanaladi. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Didaktik tashxisning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
O‘quvchi-talabalar bilimini tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’lim olganlik darajasi o‘rtasida farq aniqlanadi. O‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarini ularga erishish yo‘llari, vositalari hamda usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi jarayon va bosqichlarini aniqlaydi.
Tashxislashning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar:
Nazorat. 2. Tekshirish. 3. Ma’lumotlarni tahlil qilish. 4. Dinamika. 5. Baholash. 6. Rivojlanish an’analarini aniqlash. 7. Statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil qilish. 8. Voqelikning keyingi rivojini taxmin qilish.
Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling