4- mavzu. Pedagogik diagnostikaning umumiy metodlari Reja: Diagnostikada metodlarni tanlash talablari


Download 79.5 Kb.
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1475887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

9. Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quvchi-talabalarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchi-talabalarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchi-talabaga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
O‘quvchi-talabalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud: 1) fan olimpiadalari; 2) turli mavzulardagi tanlovlar; 3) ta’lim muassasasi ko‘rgazmalari; 4) festivallar; 5) musobaqalar.
10. Pedagogik tajriba (eksperiment) metodi. (Eksperiment – lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib ko‘rish”). Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarda maqsadga erishishni kafolatlay olish, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorlikni aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba, ma’lum doirada, soni aniq belgilangan o‘quvchi-talabalar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish diagnostika o‘tkazuvchi shaxs tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash hamda unga baho bera olish uchun muhim ahamiyatga ega.
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi (9-chizma):
9-chizma.

Pedagogik tajriba turlari




Diagnostikada pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan:


1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
2) diagnostika ilmiy farazining puxta asoslanishi;
3) diagnostika ob’ektlari va usullarining to‘g‘ri tanlanishi;
4) tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligining aniqlanishi;
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;
6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarini qayta ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib, umumiy xulosaga kelinadi va amalga oshirilgan pedagogik diagnostika bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling