4 – mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


Bunda tashkil etuvchilar quyidagilardir


Download 357.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana21.04.2023
Hajmi357.38 Kb.
#1371988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu 2 soat

Bunda tashkil etuvchilar quyidagilardir: maqsad; mazmun; shakl, usul; 
uslub; oʻqituvchi shaxsi; talabalardagi dastlabki bilim; oʻqi-tishning moddiy-texnik 
bazasi va shu kabilar. Bu ta'lim jarayonlari-ni bir butunlikda, ya'ni yagona-yaxlit 
dinamik tizim sifatida qarash lozimligini taqozo etadi va bunday qarash ta'lim 
jarayonini boshqa-rish va boshqarishning optimal variantini topishga ham 
imkoniyat yaratadi. 
Qayd etilgan ta'lim jarayonini tizim koʻrinishida quyidagicha ifodalash 
mumkin (1-shakl). 
1-shakl. Ta'lim jarayonining tashkil etuvchilari va ularning dinamikasi. 


Shaklda ifodalangan ketma-ketlik oʻqitish jarayonining algoritmini ishlab 
chiqishga imkoniyat yaratadi. 
Oʻqitish algoritmini ishlab chiqish orqali olib boriladigan ta'lim jarayonining 
uzviyligini va uzliksizligini ta'minlovchi qat'iy ketma-ketlik yaratiladi, shuningdek, 
ta'lim didaktikasini joriy etishning aniq mexanizmlarini yaratish borasidagi ta'lim-
tarbiyaviy va pedagogik tadqiqotlar sohalaridagi ishlar yanada rivoj topadi. 
Oʻqitish algoritmi intellektual asr ta'lim-tarbiyasida asosiy pedagogik 
terminlardan biri boiadi, chunki zamonaviy oʻqitish texnologiyalari shu kabi 
terminlar asosida ta'limda yangicha sifat bosqichiga koʻtariladi. 
Ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri boʻlib, 
individual psixik rivojlanishni va bilimlarni oʻzlashtirishni ancha tezlashtiradi. 
Oʻqituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, bu 
jarayonda u ta'lim oluvchiga ta'sir koʻrsatadi, bu esa bilim olishni yanada 
faollashtiradi, natijada ta'lim oluvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga 
aylanadi. 
Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlar 
amaliy faoliyat yordamida yanada mustahkamlanadi. Inson tevarak-atrofdagi 
voqealik, narsa va hodisalarning mohiyatini amaliy hayotda ularga toʻqnash kelish 
yoʻli bilan bilib oladi, ular-ni oʻzlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligina 
ijtimoiy ishlab chi-qarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar
shuningdek, tabiat hodisalari sirini oʻzlashtirib oladi. 
Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada boʻlish natijasida buyumlar sezgi 
organlariga ta'sir qiladi, sezgilar idrokni keltirib chiqaradi. Amaliyotda insonning 
faol fikrlash faoliyati yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqealikni chuqur 
tushunadi. 
Bilim manbayi sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida soʻz yuritganda 
bilish jarayonining mohiyatini ham ta'kidlab oʻtish joiz. 
Bilish - murakkab dialektik jarayon boʻlib, jonli mushohadadan abstrakt 
tafakkurga, soʻngra amaliyotga oʻtish yoiidir. Bilish shaxs uchun muhim ham 
oʻzlashtirilmagan narsa, voqea va hodisalar mohiyatini ong yordamida anglash 
jarayonidir. Obyektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi.
Sezish ongning tashqi olam bilan boʻladigan chinakam aloqasidir. Sezish 
tevarak-atrofdagi voqealik, narsa va hodisalarning sezgi organlari (bizga ma'lumki, 
ular beshta)ga ta'sir etuvchi ayrim sifat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har 
bir organ, har bir analizator I.P.Pavlov ta'kidlab oʻtganidek, narsalarning ayrim eng 
muhim sifatlarini his ettiradi. Sezish muayyan narsa, voqea-hodisalar mazmunini 
ongda idrok etilishiga olib keladi. 
Idrok - sezish a'zolari orqali ongga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning 
unda (ongda) yaxlitligicha aks etish jarayonidir. 
Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur roʻy beradi. 
Tasavvur inson ongida uzoq muddat saqlanib qoladigan sezishlar va idrokning 
izidir. Yoki boshqacha aytganda, tasavvur — sezgi a'zolariga qachonlardir ta'sir 
etgan hamda idrok qilingan narsa va voqea-hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy 
obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur zaxirasi boyib, koʻpayib boradi. 


Tasavvur fikrlashda, tushunchalarning tarkib topishida muhim rol oʻynaydi. 
Tasavvur muayyan umumlashmalarning mavjudligi bilan bogʻliq. Sezish, idrok va 
tasavvur bilishning muhim tarkibiy qismlari boʻlsa-da, ular ham haqiqiy voqealikni 
bilish muammosini toʻla hal etmaydi. Bilish jarayonining eng yuqori bosqichida 
tafakkur yuzaga keladi. 
Jonli mushohada va tafakkur doimo odamning amaliy faoliyatiga asoslanishi 
kerak. Odam tabiat va ijtimoiy jamiyat qonuniyatlarini ochib, oʻz faoliyatida 
ulardan foydalanishga intiladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning 
amaliyotga qanchalik xizmat qilishi bilan belgilanadi. Nazariya amaliy faoliyat 
mohiyatidan kelib chiqib asoslanadi hamda amaliy faoliyatning yaxshiroq yoʻlga 
qoʻyilishiga xizmat qiladi. Biroq, amaliyot ayni vaqtda bilimning toʻgʻriligini 
tekshirish vositasi hamdir. Nazariy gʻoya, fikr amaliyotda tekshirilgan va u orqali 
tasdiqlangandagina u inson bilimlarining muhim tarkibiy qis-miga aylanadi. 
Demak, bizga bilim amaliyotdan sezgi idrok, tasavvur va tafakkur asosida 
hosil boʻlishi va yana amaliyotga qaytib borishida namoyon boʻladi. Shuni alohida 
ta'kidlash joizki, bilim amaliyotga oʻzining ilgarigi koʻrinishida emas, balki ancha 
boyigan koʻrinishida, ancha yuqori darajada qaytib boradi. Biz bu holni quyidagi 
holatda koʻrishimiz mumkin (2-shakl). 

Download 357.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling