Tarmoq interfeysi kartalari
Tarmoqdagi har bir kompyuterga tarmoq va kompyuter
oʻrtasida qurilmaviy interfeysni taʼminlash uchun tarmoq
interfeysi kontrolleri (NIC-Network Interface Controller) kerak,u simsiz yoki simli bo’ladi. Buni alohida tarmoq interfeysi kartasi yordamida taʼminlash mumkin, biroq yangiroq kompyuterlar asosiy platasiga oʻrnatilgan Ethernet NIC bilan birga keladi. Simsiz tarmoqlar uchun NIC tarmoqqa ulanish nuqtasiga radio aloqa oʻrnatilishini taʼminlaydi.
KALIT SOʻZLAR
Modem: biror kompyuterdan yuborilgan raqamli signalni,telefon liniyalari orqali oʻta olishi uchun, analog signalga oʻzgartiradi yoki modulyatsiya qiladi; qabul qilish uchidagi modem qabul qiluvchi kompyuter tushunishi uchun analog
maʼlumotlarni raqamli shaklga qayta oʻzgartiradi yoki “demodulyatsiya qiladi”.
Ethernet: LAN tarmoqdagi simli signalizatsiyani belgilovchi eng keng tarqalgan standart.
Wi-Fi: qurilmani radio toʻlqin orqali lokal tarmoqqa, keyin esa internetga ulash uchun aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi simsiz tarmoq texnologiyasi. Wi-Fi atamasi IEEE 802.11x standartlariga javob beradigan aloqa uchun ishlatiladi.
Hub qurilmasi
Tarmoq alohida kompyuterlarning barcha signallari
yuboriladigan markaziy punktga ega boʻlsa, muayyan turdagi tarmoq qurilmasi –hub (xab) (4.03-rasm) yoki switch (svitch) kerak boʻladi. Tarmoqdagi barcha kompyuterlarning kabellari ushbu qurilmaga ulanadi.
Xab va svich oʻxshashdek koʻrinsa-da, ular tarmoqdan qabul qilinadigan signallarga turlicha munosabatda boʻladi.
Agar kompyuterdan tarmoqdagi boshqa bir kompyuterga signal yuborilishi kerak boʻlsa, bu signal xab yoki svichga yuboriladi. Soʻngra, xab maʼlumotni barcha qurilmalarga (jumladan, signalni birinchi boʻlib yuborgan qurilmaga ham!)uzatadi. Bu koʻp miqdordagi keraksiz tarmoq trafigini yaratadi.
Agar xabga 16 ta qurilma ulangan boʻlsa, trafik hajmi kerakli hajmdan 16 marta katta boʻladi. Xabar tarmoqdagi barcha qurilmalarga yuboriladi, lekin faqatgina xabar borishi kerak boʻlgan qurilma uni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |