4. 01 Kompyuter tarmoqlari
Download 0.61 Mb.
|
4 Kompyuter tarmoqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bridj (Tarmoq koʻprigi)
Svich
Svich xabarlarni xabga qaraganda ancha zukkolik bilan boshqaradi, u xabar yuborilishi kerak boʻlgan qurilma manzilini tekshiradi. Svich tarmoqdagi turli qurilmalarning manzillarini biladi va xabarlarni faqatgina kerakli qurilmaga yuboradi. Svich xabdan koʻra yaxshiroq tanlov, chunki u tarmoq boʻylab yuboriladigan keraksiz paketlar sonini qisqartiradi, shu sababli tarmoqning samaradorligini oshiradi. Svichning kamchiligi shundaki, u xabga qaraganda qimmat turadi. Bridj (Tarmoq koʻprigi) Baʼzida turli tarmoqlarni birlashtirish zarur boʻladi. Masalan,agar yulduzsimon tarmoqdan foydalanayotgan ofis xodimlarining kompyuterlari magistral tarmoqda boʻlgan boshqa bir ofisdagi maʼlumotga kirishi kerak boʻlsa, bu vaziyatda ikki xil turdagi tarmoqni birlashtirish kerak boʻladi.Ikkita nooʻxshash tarmoqqa bir-biriga xabarlar yuborish imkonini beruvchi qurilma bridj, yoki ko‘prik deb ataladi. Koʻprik faqat bir xil xabarlarni boshqarish qoidasidan foydalanuvchi tarmoqlarni ulay oladi. Ular xabar shaklini boshqa jismoniy turdagi tarmoqqa mos tushishi uchun oʻzgartiradi. 4.04-rasm. Ikkita tarmoqni birlashtirish uchun tarmoq koʻprigidan foydalanish. Bu misolda magistral tarmoq yulduzsimon tarmoqqa birlashtirilgan. Modem Modemdan kompyuter yoki tarmoqni internetga ulash uchun foydalaniladi. Modem kompyuterdan tarqaluvchi raqamli signalni telefon liniyalari orqali uzatish mumkin boʻlgan analog signalga oʻzgartiradi (bu modulyatsiya qilish deb ataladi). Xabar telefon liniyasining boshqa uchiga yetib borgach,boshqa bir modem boshqa tarafdagi kompyuter tushunishi uchun signalni yana raqamli signalga oʻzgartiradi (bu demodulyatsiya qilish deyiladi: mo + dem = modem!). Kompyuter tarmog‘ida Wi-Fi va Bluetooth texnologiyasidan foydalanish Simsiz router sizga simsiz lokal tarmoq (WLAN) yaratish imkonini beradi. WLAN tarmoq uchun Wi-Fi texnologiyasidan foydalanadi. Wi-Fi yoqilgan qurilmalar bir-biriga tarmoq sifatida ulanadi. Agar noutbuk Wi-Fi tarmoq kartasiga ega boʻlsa, nisbatan qisqa masofaga, masalan, uy yoki ofis binosi ichida, radio signallarni yubora va qabul qila oladi. Uzatish tezligi yuqori, shu sababli odatda signal qamrovi ichida istalgan yerda ishlashingiz mumkin, uyingiz yoki ofisda muayyan joyga mixlanib qolmaysiz. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling