4. 01 Kompyuter tarmoqlari
• xabar formatini yangi tarmoq uchun moslaydi; •
Download 0.61 Mb.
|
4 Kompyuter tarmoqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maʼlumotlar paketi
- Router kompyuter manzilini qanday saqlaydi
- Maʼlumotlar paketlarini yoʻnaltirish
- Wi-Fi
• xabar formatini yangi tarmoq uchun moslaydi;
• xabar haqidagi maʼlumotni oʻqish va nafaqat xabar qayerga borishi, balki uning manzilga yetib borishi uchun tanlanishi mumkin boʻlgan eng yaxshi yoʻnalish boʻyicha ham qaror qabul qiladi. KALIT SOʻZLAR Router: tarmoq boʻylab maʼlumot paketlarini uzatish uchun ishlatiladigan qurilma; u maʼlumot manziliga imkon qadar tez yetib borishi uchun eng yaxshi yoʻnalishni tanlaydi. Maʼlumotlar paketi: internet orqali yuboriladigan maʼlumotlar paket deb ataluvchi kichik qismlarga ajraladi.Soʻng router har bir paketni qabul qilish uchun eng yaxshi yoʻnalishni tanlaydi, ular yetib kelgandan keyin qayta yigʻiladi. Bir-biriga oʻxshamaydigan ikkita tarmoqni birlashtirish vazifasini bajargani uchun routerdan koʻpincha tarmoq va internet oʻrtasidagi aloqani taʼminlash maqsadida foydalaniladi. Router kompyuter manzilini qanday saqlaydi Nomi aytib turganidek (route = yoʻnalish), router maʼlumotlar paketi borishi kerak boʻlgan yoʻnalish haqida qaror chiqarishi sababli, unga manzillar roʻyxati kerak boʻladi. Bu yoʻnalish jadvali deb ataladi hamda routerning operativ xotirasidagi maʼlumotlar fayli hisoblanadi. Har bir router yoki noddagi jadvalda yoʻlak boʻylab keyingi router yoki nodning manzili saqlanadi. Routerning asosiy funksiyasi maʼlumotlar paketini o’z manziliga yoʻnaltirishdan iborat. Bu router uni qayerga yuborishni bilishi kerakligini anglatadi, shu sababli u yoʻlak boʻylab keyingi punkt manzilini topish uchun yoʻnalish maʼlumotlarini qidiradi. Bundan tashqari, u maʼlumotlar paketining safari uchun qaysi yoʻnalish optimal boʻlishi boʻyicha qaror ham chiqaradi. Maʼlumotlar paketlarini yoʻnaltirish Elektron xabar yoki veb-sahifa uchun soʻrov yuborganingizda maʼlumot paketi deb nomlanuvchi kichik qismlarga ajraladi.Har bir paketning individual identifikatsiya raqami va umumiy joylashish oʻrni haqida ma’lumot beruvchi sarlavhasi bo’ladi. Paketning qolgan qismi xabaringizning maʼlumotlar boʻlagidan iborat boʻladi (4.01-rasmga qarang). Router dastlab paketning borish manzili LAN tarmoqda yoki undan tashqarida boʻlishi kerakligini belgilaydi, paket kolontitulidagi maydondan manzilni oladi. Agar manzil WAN tarmoq yoki internetda boʻlsa, router paket harakatining keyingi bosqichida eng yaxshi yoʻnalishni tanlash uchun ichki yoʻnalishlar jadvalidan foydalanadi. Har bir paket muayyan millisoniyada mavjud boʻlgan eng yaxshi yoʻnalish orqali harakat qiladi (4.02-rasmga qarang), shu sababli ular birgalikda safar qilmasligi mumkin. Yetib kelgach,paketlar asl xabarga qayta yigʻiladi. Tarmoq qurilmalari Tarmoq qurilmalari – bu tarmoqdagi kompyuter va boshqa qurilmalarni bir-biriga ulaydigan tarkibiy qismdir. Bir-biriga ulanganidan keyin ular tarmoq ichida fayllar va resurslarni almasha oladi. LAN tarmoqni yaratish uchun eng koʻp foydalaniladigan qurilmalar xab yoki svich, router, kabel, Wi-Fi texnologiyasi,tarmoq kartalari va modemdir. Tarmoqda bitta kompyuter server vazifasini oʻtaydi, boshqa kompyuterlar esa mijoz kompyuter deb ataladi. Server kompyuter va mijoz kompyuter xab yoki svichga ulanadi. Ular xab yoki svichdan signalni bir-birga yuborish uchun foydalanadi hamda router orqali signal yoʻnaltiriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling