Wi-Fi orqali tarmoqqa ulanish
Simsiz keng polosali aloqa orqali internetga kabelsiz
ulanishingiz mumkin. Bu uchun sizga Wi-Fi router (4.05-rasm)
va Wi-Fi adapterga ega kompyuter kerak boʻladi.
4.05-rasm. Aksariyat internet provayderlar o’z mijozlarini Wi-Fi router bilan taʼminlaydi.
Tarmoqqa ulanish uchun joriy vaqtda mavjud tarmoqni
koʻrish maqsadida Wi-Fi ikonkasi ustiga bosasiz. Ro‘yxatdan
uy tarmogʻingiz nomini topishingiz kerak. Sizga Internet
provayder (ISP – Internet Service Provider) foydalanishingiz
uchun parol taqdim qiladi. Bu parolni odatda router tagidagi
stikerdan topish mumkin.
Mobil telefonlar orqali Bluetooth aloqasi ishlatilishi
mumkin boʻlgan jarayonlarni tahlil qiling.
4.02-QO‘SHIMCHA MASHGʻULOT 45
4-bob: Kompyuter tarmoqlari va ulardan foydalanish taʼsirlari
Agar biror (uy, ish yoki umumiy) tarmoqqa birinchi marta
ulanayotgan boʻlsangiz, ushbu tarmoqni tanlashingiz kerak
boʻladi.
Bluetooth orqali tarmoqqa ulanish
Bluetooth – tashqi qurilmalarni simsiz ulash uchun standart.
Bluetooth qurilmasini kompyuterga ulash uchun, dastlab,ulanishi kerak boʻlgan qurilma yoniqligini hamda uni “discoverable (topish mumkin)” ekanligini tekshirasiz. Bu qurilma oʻzini kompyuter tomonidan “topilishi” mumkin holda ekanini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |