4-amaliy docx
Download 205.64 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amaliy.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- MASALALARNI ISHLASH NAMUNASI
3-AMALIY ISH: GIDRODINAMIKA. TRUBALARDA SUYUQLIKLARNING OQISHI Truba va kanallar orqali oqib o‘tuvchi oqimlarning gidrodinamik asosiy kriteriylari. Reynolds kriteriysi, gidrodinamik rejimni xarakterlaydi, hamda inersiya kuchlari va oqimdagi ichki ishqalanish kuchlarining nisbati o‘lchami xisoblanadi: bu yerda: w – oqimning o‘rtacha tezligi, m/s; d – truba quvuri diametri, m; ρ – suyuqlikning zichligi, kg/m3; µ – dinamik qovushqoqlik koeffitsiyenti, Pa·s; ν – kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti, m2/s. Tekis trubalar orqali uzatilayotgan oqimlar uchun Reynolds kriteriysining quyidagi qiymatlari o‘rinli: Laminar rejim O‘tish rejimi Turbulent rejim Zmeyevikli trubalar orqali uzatilayotgan oqimlar uchun Reynolds kriteriysining son qiymati tekis trubalardagiga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, d/D nisbatga bog’liq. Bu yerda d – zmeyevikli trubaning ichki diametri, D - zmeyevik o‘ramining diametri. Ushbu bog’liqlik 3.1-rasmda ko‘rsatilgan. 3.1-rasm. Zmeyevikli trubalarda Re kriteriysining d/D nisbatiga bog’liqligi. Dumaloq kesimga ega bo‘lmagan trubalar uchun Reynolds kriteriysiga ekvivalent diametr qo‘yiladi. Ekvivalent diametr gidravlik radiusni to‘rtga ko‘paytirilganiga teng. Gidravlik radius rg oqimning ko‘ndalang kesim yuzasi F ning oqim bilan xo‘llangan perimetr P ga nisbatiga teng: Ekvivalent diametr: Frud kriteriysi, oqimdagi inersiya va og’irlik kuchlarining nisbatlarini ifodalaydi: bu yerda g – erkin tushish tezlanishi, m/s2. Eyler kriteriysi, oqimdagi bosim kuchlari va inersiya kuchlarining nisbatlarini ifodalaydi: bu yerda ∆R – bosimlar farqi (gidravlik qarshiliklarga yo‘qotilgan bosim), Pa. MASALALARNI ISHLASH NAMUNASI 1-MASALA. Temperaturasi 300S bo‘lgan suv 1 m/s tezlik bilan diametri 43X2,5 mm bo‘lgan trubada harakatlanmoqda. Suvning oqish rejimini aniqlansin. Masalaning ishlanishi. Suvning 30C temperaturadagi zichligi va dinamik qovushqoqlik koeffitsiyentlarini jadvallar orqali topamiz: ρ═995 kg/m3; µ═0,8·10-3 Pa·s So‘ng Reynolds kriteriysini aniqlaymiz: Download 205.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling