4 amaliy mashg’ulot. Abt dinamik va statik tavsifnomalarini aniqlash usullari. Abt operator ko’rinishidagi tenglama tuzish mashg’ulotning maqsadi
Inersiyasiz (kuchaytiruvchi) bo‘g’in
Download 22.46 Kb.
|
4 amaliy mashg’ulot. Abt dinamik va statik tavsifnomalarini aniq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aperiodik bo‘g’in.
- Differensiallovchi bo‘g’in.
Inersiyasiz (kuchaytiruvchi) bo‘g’in. Bu tipdagi bo‘g’inga chiqish miqdori u istalgan vaqtda kirish miqdori x ga to‘g’ri proporsional bo‘lgan barcha bo‘g’inlar kiradi.
Inersiyasiz bo‘g’ining tenglamasi quyidagicha yoziladi: u=kx. (1) bunda k – uzatish koeffitsienti (kuchaytirish koeffitsienti). Bu bo‘g’inning dinamik tenglamasi uning statik tenglamasiga mos keladi. Bunday bo‘g’inlarga o‘zgarmas tokning elektron kuchaytirgichlari, reduktorlar, ishqalanish va oraliqlari bo‘lmagan turli richaglar, reostatli datchiklar va boshqalar misol bo‘ladi. Aperiodik bo‘g’in. Bunday bo‘g’inlarda chiqish miqdori kirishga birlik g’alayon uzatilganda ekspopensial qonun bo‘yicha (aperiodik) o‘zgarib, yangi barqaror rejimga o‘tadi. Ko‘pincha, bunday bug’in inersion, bir sig’imli yoki statik bo‘g’in deb ataladi. Aperiodik bo‘g’inni dinamik rejimda ifodalovchi differensial tenglama quyidagicha yoziladi. (2) bunda k – bo‘g’inning kuchaytirish koeffitsienti; T – bo‘g’inning vaqt doimiysi. B o‘g’inning vaqt tavsifnomasi, birlik funksiyasi va elektr analogi 2-rasm, b va a da ko‘rsatilgan. Agar eksponenta tajriba yo‘li bilan olingan bo‘lsa, u holda vaqt doimiysi 2-rasm, b da ko‘rsatilgandek aniqlanadi. 2-rasm. Aperiodik bo‘g’in: a- elektrik sxema; b- vaqt tavsifnomasi Aperiodik bo‘g’inga elektrik mashinalar, magnitli kuchaytirgichlar va boshqa bir qancha qurilmalarning boshqarish chulg’amlari kiradi. Qayd qilish kerakki, aperiodik bo‘g’in ko‘pincha ART ning real konstruktiv elementlarini ifodalaydi. Differensiallovchi bo‘g’in. Ideal va real differensiallovchi bo‘g’inlar bor. Bu bo‘g’inlarda chiqish miqdori kirish miqdoridan olingan hosilaga proporsionaldir, boshqacha ayitganda, chiqish miqdori kirish miqdorining o‘zgarish tezligiga proporsionaldir. Ideal differensiallovchi bo‘g’inning tenglamasi quyidagicha yoziladi. (3) Real differensiallovchi bo‘g’inning tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: (4) Ideal bo‘g’inni chiqish qarshiligi nolga teng bo‘lgan bo‘g’in deb (3-rasm, a) qarash mumkin. Kirish miqdori pog’onasimon o‘zgarganda bo‘g’inning chiqishida oniy chiqish impulsi hosil bo‘ladi. Bunday oniy impuls nazariy cheksiz katta amplitudaga ega bo‘ladi. (3-rasm, b). Real defferensiallovchi bo‘g’in odatda K va S ga ega bo‘lgan to‘rt qutbli ko‘rinishida yasaladi (3-rasm, v), uning vaqt tavsifnomasi 3-rasm, g da ko‘rsatilgan. Amalda (3) tenglamani qondiruvchi ideal bo‘g’in tuzish mumkin emas. (4) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, T qancha kichik va k qancha katta bo‘lsa, real differensiallovchi bo‘g’in ideal bo‘g’inga shuncha yaqin bo‘ladi. T qancha katta bo‘lsa, real differensiallovchi bo‘g’in kuchaytiruvchi bo‘g’inga shuncha yaqin bo‘ladi va T= bo‘lganda u kuchaytiruvchi bo‘g’inga aylanadi. Vaqt doimiysi T ning qiymatini urinma o‘tkazish usulida (3-rasm, g) yoki T=kS dan aniqlash mumkin. 3-rasm. Differensiallovchi bo‘g’inlar: a – ideal bo‘g’ining elektrik sxemasi, b – vaqt tavsifnomasi; v – real bo‘g’inning elektrik sxemasi; g – vaqt tavsifnomasi Download 22.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling