4-amaliy mashg‘ulot mavzu: Detallarni plastik deformatsiyalash usulida ta’mirlashni o‘rganish


Download 86.08 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi86.08 Kb.
#1020246
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot

Vtulkani kengaytirish sxemasi



1- расм. Деталларни ботириш усулида таъмирлаш схемаси

Detallning metalini cheklangan oraliqqa surish hisobiga uning o‘lchamini kattalashtirish jarayoni botirish deyiladi. Detalni botirish usulida ta’mirlash sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday ishlov berish turida ta’sir qiluvchi Rd kuchning yo‘nalishi bilan talab qilinadigan deformatsiyaning yo‘nalishi mos kelmaydi. Bu usul detalning ishlanmaydigan qismining chegaralangan qismidagi metallni siqib chiqarish hisobiga, detallning o‘lchamini kattalashtirishda qo‘llaniladi.


Botirish usuli bilan klapanlar, vallardagi va teshiklardagi shlitsalar tiklanadi. Klapanlarni botirish usuli bilan ta’mirlash yopiq shtamplarda, metallni klapanning silindrsimon qismidan konussimon ish sirti tomon siljitish natijasida amalga oshiriladi. Klapanlarni botirish usulida ta’mirlash texnologiyasi ketma–ketligi quyidagidan iborat: klapanlarni kallagining diametri va silindrsimon qismining balandligi bo‘yicha turlarga ajratish; klapan kallagining materialiga bog‘liq holda elektr pechida taxminan 820...8900 S gacha qizdirish; klapan kallagini halqali yopiq shtampda siqib chiqarish, qizigan klapanni dastlab havoda 200... 3000 S gacha, so‘ngra issiq qumda sovitish; klapanning radial urinishini tekshirish; toblash va bo‘shatish; klapanning ishchi yo‘zasini jilvirlash.
Detallarni kengaytirish. Vtulkaning ichki diametrini kengaytirish hisobiga tashqi diametrini kattalashtirish kengaytirish deyiladi. Bunda kengaytiruvchi kuch Rd ning yo‘nalishi kerakli bo‘lgan deformatsiya yo‘nalishi δ ga mos keladi.
Kengaytirish, asosan, ichi teshik detallarning o‘lchamlarini saqlagan holda yoki ularning balandligini sezilarli o‘zgartirmasdan tashqi o‘lchamlarini kattalashtirishda qo‘llaniladi.CHunonchi, sferik va konussimon proshivkalarni qo‘llab, porsheng‘ barmoqlarining ishlash imkoniyatini tiklash mumkin. Porshen barmoqlarini qizitib ham, sovuq holda ham kengaytirsh mumkin.
Porshen barmoqlarini qizitib kengaytirish texnologik jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: barmoq sirtini 2-3 soat davomida 900-10000 S da (po‘latning markasiga bog‘liq holda) sementatsiya qilish, agar sementatsiya qatlami ko‘proq eyilgan bo‘lsa, porsheng‘ barmog‘ini 900...10000 temperaturada kengaytirish; toblash va past bo‘shatish o‘tkazish (temperatura po‘latning markasiga bog‘liq); nominal, diametrga keltirish uchun jilvirlash va jilolash; o‘lchamini, qattiqligini, darz bor- yo‘qligini tekshirish.
Porshen barmog‘ini sovuq holda kengaytirish texnologik jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 650...6700 S da (materialni markasiga bog‘liq holda) 1,5-2 soat davomida bo‘shatish; barmoqni sharsimon yoki sferik sirtli proshivka, bilan jilvirlash uchun 0,15...0,2 mm qo‘yim qoldirib, sovuq holda kengaytirish; barmoqni toblash yoki bo‘shatish; barmoqni nominal o‘lcham bo‘yicha jilvirlash va jilolash; o‘lcham qattiqligini va darz bor-yo‘qligini tekshirish.









Download 86.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling