4-amaliy mashg‘ulot mavzu: Detallarni plastik deformatsiyalash usulida ta’mirlashni o‘rganish
— nakatkalashni sovuq holda ham plastiklik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallardan yasalgan detallarda qo‘llash; —
Download 86.08 Kb.
|
4-amaliy mashg\'ulot
— nakatkalashni sovuq holda ham plastiklik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallardan yasalgan detallarda qo‘llash;
— qattiqligi HRC 50-60 bo‘lgan detallarni bo‘shatilgandan so‘ng nakatkalash mumkin, chunki bunda detalning qattiqligi pasayadi; — nakatkalashni eyilish natijasida ko‘ndalang kesimida hosil bo‘lgan ellipslilik 0,05 mm dan ortiq bo‘lmagan detallarda qo‘llash. Nakatkalashda quyidagi tengsizlikka rioya kilish kerak. Bunda δ1 — detalning bir tomoniga to‘g‘ri kelgan eyilish miqdori, mm; δ2 — detalning ellipsliligi, mm: δ3 — detalning ta’mirlangunga qadar bo‘lgan radial urishi, mm; δ4 — jilvirlash uchun qoldirilgan qo‘yim, mm; β— rolik va detalning o‘zaro qamralish burchagi. Mazkur formuladan ko‘rinib turibdiki, nakatkaning qadami t va rolik tishining o‘tkirlik burchagi α qancha katta bo‘lsa, tenglamaning chap tomonidagi barcha hadlar yig‘indisi yoki ularning har biri katta qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Nakatkalashda detalda etarli bo‘lgan tayanch yo‘zasi (n) ta’minlanishi lozim: bunda h — g‘adir-budurlik cho‘qqilarining balandligi. Nakatkalash roligi tishining eng maqbul o‘tkirlik burchagi α=60-700, tishlarning qadami esa 1,5-1,8 mm dir. Yuqorida keltirilgan detallarga bosim ostida ta’mirlash usullari bo‘yicha quyidagi umumiy xulosaga kelish mumkin. Detallarni bosim ostida ta’mirlash usullari istiqbolli usullardan hisoblanadi. Bu usulning boshqa usullardan tub farki shundan iboratki, unda qo‘shimcha metall talab qilinmay, ta’mirlash detaldagi metallni qayta taqsimlash hisobiga amalga oshiriladi. Detalni sovuq holatda deformatsiyalanganda naklyop hosil bo‘ladi, u toliqishga mustahkamlikni oshiradi va detal yangisiga qaraganda ham mustahkamroq bo‘lib qoladi. Bosim ostida ta’mirlash usullari nisbatan oddiy bo‘lib, murakkab uskuna talab qilinmaydi. Bu usullarni ta’mirlash korxonalarida keng miqyosda qo‘llash uchun mashina detallarini loyihalashda ularga nisbatan bosim ostida ta’mirlash usulini qo‘llash mumkinligini hisobga olish kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Yo‘ldoshev Sh.U. «Mashinalar ishonchligi va ularni ta’mirlash asoslari» T. O‘zbyokiston 1994 y. Axmadjonov X. M., Nabiev Q.Q.,Fayziev P.R. «Texnologik mashina va jihozlar» yo‘nalish talabalariga «Mashina texnik diagnostikasi va ishlatish» fanidan kurs loyixasini bajarish uchun uslubiy qo‘llanma. FarPI 2003 y. Ikromova U.,Ergashev A.,Sablikov M. Traktorlarni ishlatish va ta’mirlash asoslari. Селеванова А. И. Основы теории страения мащин. М. 1988 г Икрамов У., Леватан М.А. Основы трибовники Т., «Ўқитувчи» 1984 й Download 86.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling