1.4-rasm. LTG firmasining tolali chiqindilar va changli havoni tozalash tizimi
1 - uskunalardan kelayotgan tolali chiqindilar; 2 - changli havo quvuri; 3 - TFS-4 - barabanli filtr; 4 - toza havoni so‘ruvchi vintilyator; 5 - chang ajratuvchi siklon; 6 - chiqindilar uchun kompaktor; 7 - halqali yigiruv mashinalaridan chiqqan chiqindilarni so‘ruvchi kompaktor; 8 - avtomatik press
Truetzschler firmasining ikki bosqichli changli havoni tozalash tizimi
Ikki bosqichli tizim uncha katta bo‘lmagan hajmdagi changli havoni tozalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosan uch qismdan, ya’ni dastlabki tozalash A, mayin tozalash B va tozalangan havoni chiqarib yuborish V qismlaridan iborat.
Tizimning ishlash prinsipi changli havoni filtrlashga, ya’ni uni to‘rli yuzalardan qayta- qayta o‘tkazib tozalashga asoslangan.
1.5-rasm. Truetzschler firmasi SF 50/1800 filtri
A-dastlabki tozalash kamerasi; B- mayin tozalash kamerasi; V- tozalangan havoni chiqarib yuborish kamerasi; 1 - aylanib turuvchi to‘rli disk, 2 - mayda ko‘zli kapron to‘r bilan qoplangan baraban, 3 - chiqindilar va yirik chang zarrachalarini ushlab qoluvchi kompaktor, 4- kompaktordan chiqqan chala tozalangan havoni dastlabki tozalash kamerasiga uzatib beruvchi ventilyator, 5 - soplolar orqali so‘rilgan chang zarrachalarini siklonga uzatib beruvchi ventilyator, 6 - aylanib turuvchi disk yuzasida to‘plangan changlarni sidirib, so‘rib turuvchi soplo, 7 - kameralarda bosim paydo qiluvchi ventilyator, 8 - soplolar, 9 - siklon (harakatlanmaydigan baraban).
Baraban 2 ichiga kirgan changli havo V kamerasiga o‘tishga xarakat qiladi, chunki bu erdagi bosim B kamerasidagiga nisbatan kichikroqdir. A, B va V kameralardagi bosimlar farqini ventilyator 7 ta’minlab turadi. Natijada mayin tozalash jarayoni sodir bo‘ladi. Mayda chang zarrachalari qapron to‘rning ko‘zlarida ushlanib qoladi va tozalangan havo V kamerasiga o‘tib, ventilyator 7 orqali so‘rilib, atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |