4-amaliy mavzusi


Download 80.5 Kb.
bet5/6
Sana09.02.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1179138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-AMALIY HOAT 2-OLIY

3-mashq. [Ota], [aka], [uka], [ona], [opa], [singil], [olma], [o‘rik], [jiyda], [bеhi], [uzum], [gilos], [shaftoli], [xurmo], [gapirmoq], [aytmoq], [so‘zlamoq], [bayon qilmoq], [dеmoq], [lutf qilmoq], [og‘iz ochmoq], [tеz], [qizil], [oz], [sеmiz], [puxta], [jiddiy], [katta], [oq].. .
Topshiriqlar. 1. Bеrilgan birliklarning o‘xshash bеlgilarini topib, guruhlang. 2. Guruhlardagi birliklarning birlashtiruvchi va farqlovchi sеmalarini aniqlang. 3. Boshqa bеlgilar topib, topshiriqni qayta bajaring.
4-mashq. 1. Tarix g‘ildiragini orqaga aylantira oladigan kuch yo‘q dunyoda (“Qashq.”) 2. Dasturxonga boqqan do‘st emas (Maqol). 3. Saidaning qoshi bir oz chimirildi, mayin tovushi o‘zgardi (A.Qah.). 4. ...oyog‘im uzangidan toyib, burnim egarning qoshiga tegib ketdi (G‘.G‘ul.). 5.Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko‘rmagan (Oyb.). 6. Zebixon g‘ildirak yog‘ochlariga oyog‘ini bir-bir qo‘yib, aravaga chiqdi (S.Zun.). 7. Havo isib, maysalarga, daraxt shoxlariga qo‘ngan shudringni bir zumda yalab oladi (Sh.Rash.) 8. Bo‘g‘moq so‘zi “qattiq qismoq” ma’nosini ham bildiradi. 9. Bu yerda hayot hayotni bo‘g‘adi, temir temirni g‘ajiydi, o‘t o‘tni so‘ndiradi (Oyb.) 10. Moyi tugab, piligi so‘xta bo‘lgan chiroq bir lip etib so‘ndi (S.Ahm.) 11. Ota-onaning chirog‘ini yoqadigan kishi farzandidir. (M.Ism.) 12. Mening soatim to‘xtab qolibdi (A.Qah.) 13. Besh qo‘lini og‘ziga tiqadi (I.Rah.)
Topshiriqlar. 1. Berilgan gaplarni o‘qing. 2. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni 2 guruhga ajratib yozing. 3. a) to‘g‘ri (bosh) ma’noda qo‘llangan so‘zlar; b) ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlar. 4. Har ikkala guruhning o‘ziga xos jihatlarini sharhlang. 5. Ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni ichki guruhlarga ajrating: a) o‘xshashlik asos bo‘lgan ma’no; b) aloqadorlik asos bo‘lgan ma’no; v) vazifadoshlik asos bo‘lgan ma’no; g) butun-qism munosabati asos bo‘lgan ma’no. 6.Har bir guruhning umumiyligini aniqlang. 7. Har bir guruhning o‘zaro farqlarini toping. 8. Har bir guruhni alohida-alohida izohlang. 9. Har bir so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llab gaplar tuzing.

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling