4. Ishlab chiqarish: resurslar, omillar, tendentsiyalar. Reja


-jadval YAlpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi (%)


Download 133.91 Kb.
bet7/14
Sana08.01.2022
Hajmi133.91 Kb.
#245272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
4-мавзу

2.2-jadval

YAlpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi (%)

Ko‘rsatkichlar

Yillar

2017

2018

2019

YAIM - jami

302536

406648.5

511838.1

Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati.

267744.8

361072.7

465357.4

Sanoat

74799.0

117905.0

169704.0

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik

ho‘jaligi xo‘jaligi



90983.9

113660.7

130599.9

Qurilish

15228.6

22101.1

29891.5

Xizmatlar sohasi

101961.9

129507.0

165053.2

Sof soliqlar

34792.0

45575.8

46480.7

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

2019 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YAIM) o‘sishi 5,5 foizni tashkil etdi, prognoz esa 5,4 foiz darajasida bo‘lgan. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi xabar qilmoqda.

YAIM o‘sish sur’ati ushbu ko‘rsatkichning 2018 yildagi darajasidan yuqori bo‘ldi (5,1 foiz). YAIM o‘sishi asosan sanoat (6,4 foiz - prognoz 5,2 foiz), qurilish (11,8 foiz - prognoz 8,4 foiz) va xizmatlarning (6,1 foiz - prognoz 6,3 foiz) o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 1 741 dollarni tashkil etdi va 2018 yilga nisbatan 13,6 foizga o‘sdi (2018 yilda 1 533 dollar).

2017 yilda milliy valyuta ikki baravar qadrsizlanganiga qaramay, 2019 yilda YAIM dollar qiymatida deyarli devalvatsiya davridan oldingi ko‘rsatkichga etdi.

Ma’lumot uchun: dollar qiymatida 2017 yil YAIM 59,1 milliard dollarni, 2019 yilda 58,3 milliard dollarni yoki 99 foizni tashkil etdi.

YAIM umumiy o‘sishida xizmatlar sohasining ulushi 1,9 foiz, sanoat - 1,5 foiz, qishloq xo‘jaligi - 0,9 foiz, qurilish - 0,6 foiz, sof soliqlar - 0,6 foizga to‘g‘ri keldi.

Respublikamizda oldingi davrda mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalgan. YAlpi ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan.

YAlpi ijtimoiy mahsulot ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan barcha moddiy va ma’naviy ne’matlarning yig‘indisi sifatida ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi. Uning hajmi va tarkibi ijtimoiy mehnat taqsimoti, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, oraliq mahsulot turli ko‘rinishlari oqimi harakatining rivojlanganlik darajasini namoyon etadi. Aytib o‘tilganidek, yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymat jihatidan miqdori o‘z ichiga takroriy hisobni ham oladi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti qanchalik chuqurlashib, ijtimoiy mahsulot o‘z harakatida qanchalik ko‘p bosqichlardan o‘tgani sari, takroriy hisob ham shunchalik ko‘payib boradi.

YAratilgan mahsulot tarkibini tahlil qilishda natural va qiymat jihatidan yondashish mumkin.




Download 133.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling