4. Ishlab chiqarish: resurslar, omillar, tendentsiyalar. Reja


Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan milliy mahsulot vujudga keladi


Download 133.91 Kb.
bet6/14
Sana08.01.2022
Hajmi133.91 Kb.
#245272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-мавзу

Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan milliy mahsulot vujudga keladi.

Barchamizga ma’lumki, 2019 yilda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan edi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirishda salmoqli natija va sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritildi: iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi.

2008 yilda AQSHda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ko‘plab mamlakatlar qatori O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Inqirozning salbiy ta’siri butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishida ko‘plab muammolarni vujudga keltirdi. «Lekin, yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidokorona mehnati va amalga oshirilgan tadbirlar evaziga 2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishdik»1.

Hozirgi kunda kuchayib borayotgan global tendensiyalar va taklif etilayotgan xizmatlarning xilma-xilligi xizmatlar sohasini iqtisodiyotning mustaqil tarmog‘iga aylantirdi. Zamonaviy jamiyat hayotida xizmatlar sohasi juda keng tarqalgan faoliyatlardan biridir. Bugungi kunda u yoki bu turdagi xizmatlar ko‘rsatmaydigan yoki hech bo‘lmaganda unga duch kelmagan tashkilotlar deyarli yo‘q. Mazkur tarmoq xalqaro korporatsiyalar, banklar, aviakompaniyalar, kompyuter markazlari, telekommunikatsiyalar, sug‘urta, yuridik va konsalting firmalari, davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, notijorat tashkilotlarini qamrab oladi. 2019 yil 1 iyul holatiga respublikada 371,9 mingga yaqin faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar qayd etildi. SHundan, xizmatlar sohasida 245 mingdan ortiq korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,7 % ga oshdi. 2019 yil 1 iyul holatiga korxonalar va tashkilotlarning umumiy sonida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotganlarning ulushi, % (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) Xizmatlar ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar umumiy sonining 185 mingdan ortig‘i kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi. 2019 yil 1 iyul holatiga ularning ulushi 59,8 % ni tashkil etdi. Ularning soni 38,7 ming birlikga ko‘paydi, o‘sish 26,4 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda O‘zR YAIMsi hajmi joriy narxlarda 511838.1 mlrd. So‘mni tashkil etdi va 2018 yilga nisbatan 5,6 %ga o‘sdi. YAIM deflyator indeksi 2018 yildagi narhlarga nisbatan 119,2% ni tashkil etgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2020y.

YAlpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi (2.2-jadval).


Download 133.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling