4-laboratoriya ishi rtk ning tekislash qurilmalari va ishlash prinsipini o‘rganish ishdan maqsad


Download 21.45 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi21.45 Kb.
#1829763
  1   2
Bog'liq
4-lab


4-LABORATORIYA ISHI


RTK NING TEKISLASH QURILMALARI VA ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH


Ishdan maqsad: Tekislash RTK ning qurilmalari va ishlash prinsipini o‘rganish, tekislash RTK da ishlashda ko‘nikma xosil qilish.


Vazifasi. Tekislash robotlashgan texnologik kompleksi(TRTK) zausenitsalarni echish, mayda seriyali va seriyali iщlab chiqarish sharoitida turli materialli buyumlarda rezba ochish va kalibrlash.

Ishlov berilayotgan buyumlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:




Material — plastmassalar, alyuminiy qorishmalari;

Alyuminiy qorishmali buyumlar bosim ostida quyish orqali tayyorlangan bo‘lishi kerak




Massasi: PR RM-01 burilish stoliga joylashtirilganda - 2kg, operatorli burilish stoliga joylashtirilganda — 10kg dan oshmasligi kerak;

Gabarit o‘lchamlari 400x400*400mm dan oshmasligi lozim; Ishlov berilayotgan rezbalar diapazoni M2-M5, aniqlik sinfi 6N;


Ishlov berilayotgan yuzaning g‘adir-budurligi R =12.5 mkm dan oshmasligi lozim;




Texnik ko‘rsatkichlari

TRTK avtomatik va qo‘lda ishlash rejimlarida ishlaydi. Avtomatik rejimda to‘htashsiz 14 soat ishlaydi. TRTK quyidagi himoya qurilmalari bilan jixozlangan:


Elektr quvvati o‘chgan paytda tasodifiy ulanish sodir bo‘lganda boshqarish organlarining holatidan qatiy nazar robot qismlarining harakatlanishi va ruxsatsiz yoqilishining oldini oladi; Pnevmotizimdagi havo bosimi O.ZmPa dan past bo‘lganda ish dasturi bajarilishining oldini oladi; CHegara buzilganda ish dasturi bajarilishining oldini oladi.




Tekislash robotlashgan texnologik kompleksiniig qurilmasi va ishlashi

TRTKning ishlashi asosida SR manipulyator qo‘liga mahkamlangan asbob bilan ortiqcha qismlarni olib tashlash yoki rezba ochish yotadi (8 rasm). TRTK quyidagicha ishlaydi.


Ishlov berilishi kerak bo‘lgan xom mahsulot yoki buyum uzatuvchi rolikli transportyor (8) qismiga joylashtirilgan polet (7) ga joylashtiriladi.


Transportyor yuritmasi elektrodvigateli yoqiladi va poletlar roliklar bo‘yicha ketma ket poletni tanish zonasiga tomon harakatlanadi. Kesish qurilmasi vazifasini bajaruvchi pnevmotsilindr shtoki birichi poletni to‘xtatadi va kodni o‘quvchi datchiklar qurilmalari kesish qurilmasi oldida polet borligini va uning kodini o‘qishi uchun birmuncha vaqt beradi So‘ng kesish qurilmasi ko‘ndalang transportyorga tomon harakatlanayotgan bitta poletni o‘tqazib yuboradi. Keyingi poletlar kesish qurilmasi bilan to‘xtatib turiladi. Ko‘ndalang transportyor poletni SR1 manipulyatori ishchi zonasiga tomon harakatlanishini ta’minlaydi.


RM-01 SR manipulyatori panjasiga biriktirish qurilmasi o‘rnatiladi. Har bir robotlashgan asbob uchun, xususan qiskichga, pnevmomashinkali frez uchun pnevmatik qalpoqga, rezba ochish qurilmasining rezba ochish kalpogiga esa asbobning ulash qurilmasi mahkamlanadi ikkala bo‘g‘inning biriktirish qurilmalari yordamida SRning asbobni olishi ta’minlanadi.


Barcha robotlashgan asboblar biriktirish qurilmasining asboblar magaziniga (10) ajratib qo‘yilgan. SR manipulyatori (10.2) magazinidan qiskichni oladi va uning yordamida polet (7) dan xom mahsulotlarni ketma - ket oladi va ularni aylanuvchi stol (2) ga mahkamlangan qurilmaga qo‘yadi. Aylanuvchi stolning ishchi yuzasi aylanib yoki bir tarafga egilib, ishlov berishga qulay xolga keladi. SR manipulyatori qiskichni frezning pnevmatik kalpog‘iga almashtiradi. SHu kalpoq yordamida stolga o‘rnatilgan barcha buyumllarga ishlov beriladi. Stol esa har bir buyumga ishlov berilgandan so‘ng robotlashgan instrument ostiga yangi xom mahsulotni qo‘yish uchun aylanishi mumkin. SR frezning pnevmoqalpog‘i bilan ishlash davomida changni shlang orqali changyutgichga uzatuvchi, uyaga joylashtirilgan so‘rish kalpog‘ini oladi.


Agar TRTK ni ishlatish vaqtida murakkab bo‘lmagan tuzilishli, lekin massa talabini qondirmaydigan (2 kg dan ortiq), o‘lchamlari SR ning ishchi zonasini chegaralaydigan buyumga ishlov berish kerak bo‘lsa, ishlovni ko‘ndalang transportyorga mahkamlangan plitaga bevosita siqish orqali amalga oshirish mumkin.


Xom mahsulotda rezba ochish yoki kalibrlash uchun SR frezerning pnevmatik qalpoqchasini rezba ochish qalpog‘iga almashtiradi va rezbaga ishlov beradi. Patronlarga o‘rnatilgan qo‘shimcha metchiklar, rezba ochish qurilmasining metchiklar magazinida turadi. Metchiklarni almashtirish avtomatik tarzda amalga oshiriladi.


Hamma buyumlarga ishlov berib bo‘lingandan so‘ng manipulyator qisqichni oladi va uning yordamida buyumlarni stoldan plitaga oladi. Ko‘ndalang transporter yoqilgandan so‘ng poletlar ishlov berilgan buyumlar bilan uzoqlashtiruvchi rolikli transportyor tomon harakatlanadi. Poletning uzoqlashtiruvchi roliklariga tushgandan so‘ng, tushirish zonasiga tashiladi.


Bundan keyin kesish qurilmasi ishlov berish uchun keyingi poletni o‘tqazib yuboradi. Ishchi mexanizmlarni boshqarish uchun BNEA qo‘llaniladi. Uzatuvchi qurilma, qabul qiluvchi qurilma va ustunlarni o‘z ichiga oluvchi chegara, RM-01 SR ishchi zonasiga inson kirib qolganda ishchi progammaning bajarilishini to‘xtatadi.


8-rasm. RTKning joylashish chizmasi:


RM-01 roboti (Nokia va MRP); 2-buriluvchi stol(MRP); 3-rama(MRP); 4-Bn3A(Nokia); 5-boshqarish pulti; 6-palletlarni uzatuvchi qypilma (Nokia); 7-palletlar(MRP); 8-rolikli transportyor(MRP); 9-chiqindilarni tozalash tizimi(Nokia); 10-asboblarni va boshqa qurilmalarni avtomatik almashtirish tizimi; (Nokia); 11-metchiklarni almashtirish qurilmasi(Nokia); 12-asboblar magazini SR5-215(Nokia); 13-qiskich+qurilma


adapteri TA-4(Nokia); 14-rezba ochish qalpog‘i+qurilma


adapteri TA- 4(Nokia); 15-1 va2 frezer qalpog‘i+ qurilma


adapteri TA-4(Nokia); 16-chegara (Nokia).


Ishni bajarish tartibi


TRTK bilan ishlash ketma - ketligi quyidagicha:


Elektroapparatlar blokini tayyorlash blokini yoqish;


SRni yoqish;


Dastur faylini yuklash.





Download 21.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling