4 Laboratoriya mashg‘uloti. Radiochastotalarning tasniflanishi o‘rganish Ishdan maqsad: Radio to‘lqinlarni diapazonlarga ajiralishini o‘rganish. Nazariy qism


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana16.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1096267
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-labaratoriya ishi m

GSM-1800 deb nomlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 
GSM tarmoqlarining rivojlanish yo‘lidagi asosiy qadami – bu bir necha 
kanal intervallarini (taym-slotlarni) birlashtirish hisobiga ma’lumot uzatish 
tezligini oshirish imkonini beradigan - HSCSD (ingl. High Speed Circuit Switch 
Data - kanal kommutatsiyasi hisobiga yuqori tezlikda ma’lumot uzatish) 
sxemasining kiritilishi bo‘ldi. Taym-slotlarni birlashtirish natijasida 19,2 (9,6x2) 
va 28,8 (14,4x2) kbit/sek tezliklarga erishish mumkin bo‘ldi. Bunda tarmoq 
tuzilmasi va apparat qismiga emas, balki protokollarni qo‘llab-quvvatlaydigan 
dasturiy vositalargagina tegishli o‘zgartirishlar kiritish yetarli bo‘ldi. Yuqoriroq 
tezliklargaerishish 
uchun 
esa 
(masalan, 
9,6x4=38,4kbit/sek) 
abonent 
uskunalarining apparat qismini modernizatsiya qilish talab qilinardi. 
Shunisi 
ajablanarliki, 
AQShda 
1800MGs 
diapazoni 
boshqa 
foydalanuvchilar bilan band bo‘lsa-da, lekin 1900MGs diapazonida bo‘sh 
polosalar topildi va bu diapazon Amerikada ―Personal aloqa tizimlari diapazoni‖ 
(ingl. Personal Communications System - PCS) nomini oldi. ―Sotali aloqa 
diapazoni‖ nomi esa (ingl. Sellular Band) 800MGs diapazonida qoldirildi. 
1900MGs diapazonini o‘zlashtirish 1995 yilning oxirlarida boshlandi va bu 
diapazonda TDMA (IS-136) standartining ishlashi ko‘zda tutildi (bu davrga 
kelib, AMPSning shu diapazondagi analog versiyasi ishlatilmas edi). GSM 
standartining ushbu versiyasi (‖Amerika‖ GSM-1900 ѐki IS-661 standarti) 1997 
yilda ishga tushirildi. 
Yaponiyada ham personal aloqa yo‘nalishida keskin burilish sodir bo‘ldi, 
bu yerda 1800MGs diapazonidagi PHS (ingl. Personal Handyphone System - 
―Personal qo‘l telefoni tizimi‖) standarti 1991-1992 yillarda ishlab chiqilib
1995 yildan boshlab keng foydalanishga topshirildi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha ikkinchi avlod raqamli tizimlari kanallarni 
vaqt bo‘yicha taqsimlash (TDMA) usuliga asoslangan edi. Biroq 1992-1993 
yillardaѐq, AQShda Qualcomm kompaniyasi tomonidan kanallarni kodli 


taqsimlash (CDMA) usuli asosidagi standart ishlab chiqildi va ishlatish uchun 
tavsiya qilindi. Standart cdmaOne nomini hamda IS-95 belgisini oldi. Standart 
dastlab, 800MGs diapazonida foydalanish uchun mo‘ljallangan edi. 1995-1996 
yillar davomida cdmaOne asosidagi tarmoqlar AQSh, Gonkong va Janubiy 
Koreyada ishlatila boshladi. Shu bilan bir vaqtda AQShda bu standartning 
1900MGs diapazoniga mo‘ljallangan versiyasi ham ishlatila boshladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, 2-avlod tizimlari ham bir-birlari bilan o‘zaro 
moslashmagan edi. Jahonning uch yirik mintaqasining har birida - Shimoliy 
Amerika, Yevropa va Osiѐda turli texnologiyalar va birinchi avlod analog 
tizimlaridan ikkinchi avlodga o‘tishning turli yo‘llaridan foydalanilaѐtgan edi. 
Bundan tashqari, har bir mintaqa ichidagi ayrim davlatlar ham xarakatdagi 
radioaloqa tizimlarini yaratish va joriy etishga turlicha ѐndashaѐtgan edilar. 
Shunga qaramay, ikkinchi avlod raqamli tizimlari oldida turgan asosiy masala - 
ommaviy ravishda ovozli aloqa va past tezlikda ma’lumot uzatish xizmatlarini 
taqdim etishga erishilgan edi 
GSM standartida vaqt bo‘yicha taqsimlangan ruhsat (TDMA) qabul 
qilingan. Vaqt kadrlarini umumiy tuzilishi 4-rasmda ko‘rsatilgan. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling