4 Laboratoriya mashg‘uloti. Radiochastotalarning tasniflanishi o‘rganish Ishdan maqsad: Radio to‘lqinlarni diapazonlarga ajiralishini o‘rganish. Nazariy qism
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
4-labaratoriya ishi m
Diapazon
nomeri Chastota chegaralari To‘lqin uzunligi chegaralari Diapazonlar nomi Diapzonlar qisqartma nomlari № 4 3 – 30 kGs 100 - 10 km o‘ta uzun to‘lqinlar O‘UT № 5 30 – 300 kGs 10 - 1 km uzun to‘lqinlar UT № 6 300 – 3000 kGs 1000 - 100 metr o‘rta to‘lqinlar O‘T № 7 3 – 30 MGs 100 - 10 metr qisqa to‘lqinlar qT № 8 30 – 300 MGs 10 - 1 metr metrli to‘lqinlar MT № 9 300– 3000MGs 10 - 1 dm detsimetrli to‘lqinlar DT №10 3 – 30 GGs 10 - 1 sm santimetrli to‘lqinlar ST № 11 30 – 300 GGs 10 - 1 mm millimetrli to‘lqinlar MMT № 12 300 – 3000 GGs 1 – 0,05 mm detsimillimetrli to‘lqinlar DMMT Radio aloqani xalqaro tartiblanishiga binoan radio chastotalar 9ta diapazonlarga bo‘linadi va 4 dan 12 gacha nomerlanadi. N nomerli diapazon pastdan 0,3*10 N Gs va yuqoridan 3*12 N Gs chastota bilan chegaralangan. Diapazon nomeri oshishi bilan uni kengligi (polosasi) kengayishiga e’tibor qaratish lozim, u quydagicha bo‘ladi: № 4 uchun 30 – 3 = 27 kGs; № 12 uchun 3000 – 300 = 2700 GGs. Yangi radio aloqa liniyasini ochish uchun, har bir alohida holat uchun ma’lum talablarni hisobga olgan holda ishchi chastota tanlanadi. Xabarni uzatish joyidan qabul qilish joyiga ko‘chirish uchun tanlangan chastota ishlatiladi va u tashuvchi chastota deyiladi. Radio aloqa deb xabarni simsiz elektron uzatishga aytiladi. Radioni A.S. Popov kashf qilgan, u 7 may 1895 yil birinchi radiouzatishni amalga oshirgan. Hozir radio orqali kuniga juda katta axborot oqimlari uzatiladi. Kemalar, samolyotlar, ekspeditsiyalar, qutb stansiyalari bilan bog‘lanish uchun radio aloqani roli juda katta, chunki bu obektlar bilan aloqa, faqat radio aloqa orqali amalga oshirish mumkin. Radio to‘lqinlarni diapazonlarga ajratish bilan bir qatorda, tarqalish yo‘nalishi va yo‘liga bog‘liq ravishda ularni sirt to‘lqinlari (Yer sirti) (1) va maydoniy to‘lqinlarga (2) ajratish mumkin (1.1-rasm). Sirt to‘lqinlarier yuzi bo‘ylab tarqalib radio uzatuvchi qurilmadan qadio qabul qiluvchi qurilmagacha etib boradi. Bunda sirt to‘lqinlarini atmosferaning yuqori qatlamlaridan akslanishi effektidan foydalanilmaydi. Maydoniy to‘lqinlar esa er sirti va ionosfera, atmosferaning yuqori qatlamidan akslanishi asosida taqraladi. Rasmda tasvirlanganidek maydoniy to‘lqinlar Yer yuzasi va atmosferaning yuqori qatlamlaridan askslanib tarqalishi (2) yoki ionosferadan akslanib tarqalishi (3) mumkin. 1.1-rasm. Turli to‘lqinlarning tarqalish hususiyatlari Shunday tushunchalar borki, radio to‘lqinning to‘lqin uzunligi qanchalik katta bo‘lsa, (chastotasi past bo‘lsa) uning tarqalish masofasi shunchalik katta bo‘ladi. Bunday to‘lqinlarni Yer sirtidagi tabiiy va sun’iy to‘siqlarni aylanib o‘tish imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi. Aksincha, to‘lqin uzunligi qanchalik (chastotasi katta) kichiq bo‘lsa, tarqalish masofasi shunchalik kichiq bo‘ladi. Shuningdek, radio to‘lqinning chastotasi ortgan sari u to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqala boshlaydi. Sirt to‘lqinlariga misol qilib, uzun to‘lqinlarni keltirish mumkin. Ular Yer va suv yuzasi bo‘ylab tarqaladi, ionosferaga deyarli yetib bormaydi. Bunday to‘lqinlardan asosan dengiz aloqa tizimlarida foydalaniladi. Chunki, bunday sirt to‘lqinlaridan foydalangan holda radio aloqa tizim tashkil qilinganda, amaliy jihatidan dengizning ixtiyoriy nuqtasida aloqa imkoniy bo‘ladi. O‘rta to‘lqinlar esa Yer va suv sirti bo‘ylab, shuningdek ionosferadan akslanib tarqaladi. Qisqa to‘lqinlar esa “sakrab” tarqaladi, ya’ni ular Yer sirti va ionosferadan davriy ravishda akslanib tarqaladi. Ultraqisqa to‘lqindar va boshqa yuqori chastotali to‘lqinlar to‘g‘ri chiziqli liniya bo‘ylab tarqaladi. Ular Yer sirti bo‘ylab og‘ib tarqalish xususiyatiga ega amas va ular uchun ionosfera qatlami shaffofdir. Ultra qisqa to‘lqinlardan bugungi kunda impulsli radiolokatsiya tizimlari, sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qo‘llanilib kelinmoqda. Shuningdek radio releli aloqa tizimlarida, Yer usti radio va uyali aloqa tizimlarida, troposferali aloqa tizimlarida foydalanilib kelinmoqda. Radio lokatsiya tizimlaridan ultra qisqa to‘lqinlardan foydalanishning asosiy afzalligi, bunday to‘lqinlar to‘g‘ri chiziqli liniya bo‘ylab tarqalganligi uchun havodagi obektning aniq koordinatasini aniqlashga imkon beradi. Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qo‘llanilishining asosiy sabablaridan biri atmosferaning yuqori qatlami UKV diapazonidagi radio to‘lqinlar uchun shaffof xisoblanadi va bunday diapazondagi radio to‘lqinlar bu qatlamlarni ortiqcha yo‘qotishlarsiz kesib o‘tishi mumkin. Bugungi kunda Yer usti radio aloqa tizimlarida, uyali aloqa tizimlari va televideniya tizimlarida qo‘llanilishining asosiy sababi radio to‘lqinning chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa ular yordamida keng polosali aloqa kanallarini xosil qilish imkoniyati ortadi va radio aloqa tizimi orqali uzatiluvchi xizmatlarning sifati ortadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling