4 Laboratoriya mashg‘uloti. Radiochastotalarning tasniflanishi o‘rganish Ishdan maqsad: Radio to‘lqinlarni diapazonlarga ajiralishini o‘rganish. Nazariy qism


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana16.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1096267
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-labaratoriya ishi m

 
Hisobot mazmuni 
Talabalar yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlarni o‘qib o‘rganib 
qisqacha xullosa va nazorat savollariga yozma ravishda javoblar yozib 
hisobot tayorlaydilar. 
 
 


Laboratoriya mashg‘uloti-5. 
2G tarmoqlarining parametrlarini tadqiq qilish
Ishdan maqsad: 2G avlod mobil aloqasini o’rganish 

Raqamli sotali aloqa tizimlarining ilk loyihalari o‘tgan asrning 90-
yillari boshlarida paydo bo‘la boshladi. Bunday tizimlarning oldingi analog 
tizimlardan ikki prinsipial farqi bor edi: 

analog tizimlardagi kabi kanallarni chastota bo‘yicha taqsimlash 
(FDMA) usuli o‘rniga vaqt bo‘yicha taqsimlash (TDMA) hamda kodlar 
bo‘yicha taqsimlash (CDMA) usullari bilan birga modulyatsiyaning spektral 
samarador usullarini ishlatish; 

ovoz va ma’lumot uzatishni integratsiyalash bilan birgalikda 
ma’lumotlarni shifrlash (mahfiylashtirish) hisobiga foydalanuvchilarga keng 
turdagi xizmatlar spektrini taqdim etish imkoniyatining mavjudligi. 
Biroq raqamli tizimlarga o‘tish oson bo‘lmadi. Masalan, AQShda 
AMPS analog standarti o‘z vaqtida juda keng tarqalgan va uni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri raqamli tizim bilan almashtirishni imkoniyati amalda deyarli mavjud 
emas edi. Ushbu muammo bir chastota diapazonida ikki tizimning aralash 
holda ishlashini ta’minlaydigan ikki rejimli analog-raqam tizimini ishlab 
chiqish orqali hal qilindi. Mazkur standart bo‘yicha ishlar 1988 yilda 
boshlanib, 1992 yilda tugatildi va standart D-AMPS nomini (Digital – ingl. 
―raqamli‖ old qo‘shimchasi bilan) ѐki IS-54 belgisini oldi. Standartning 
amalda ishlatilishi 1993 yilda boshlandi. 
Yevropada ham ko‘plab bir-biriga mos bo‘lmagan analog 
standartlarning mavjudligi tufayli ahvol qiyinlashdi. Bu yerda vaziyatdan 
chiqishning yagona yechimi umumiy Yevropa standarti - GSM (GSM-900, 
900MGs diapazoni) ning ishlab chiqilishi bo‘ldi. Standart ustida ishlar 1982 
yili boshlandi va 1987 yilga kelib, standartning barcha asosiy xarakteristikalari 
aniqlab olindi 
1988 yilda esa standartning asosiy hujjatlari qabul qilindi. GSM-900 ning 
amalda qo‘llanilishi 1991 yildan boshlandi. 
Texnik xarakteristikalari bo‘yicha D-AMPS tizimiga o‘xshash raqamli 
standartning yana bir turi Yaponiyada 1993 yilda yaratildi. Dastlab u JDC (ingl. 
Japan Digital Cellular - ―Yaponiya raqamli sotali aloqasi) nomi bilan
keyinchalik, 1994 yildan boshlab esa PDC (ingl. Personal Digital Cellular
―Personal raqamli sotali aloqa‖) nomi bilan tanildi (2.2-jadvalga qarang). 
Mobil aloqa raqamli tizimlarining rivojlanishi bu bilan to‘xtab qolgani 
yo‘q. D-AMPS standarti kanallarni boshqarishning yangi usullari yaratilishi 
hisobiga yanada takomillashib bordi. Gap shundaki, IS-54ning raqamli versiyasi 
analog AMPS standartining kanallarni boshqarish tuzilmasini o‘zida saqlab 
qolgan, bu esa, o‘z navbatida, tizimning imkoniyatlarini cheklab qo‘yar edi. 
Raqamli kanallarni boshqarishning yangi usuli standartning IS-136 versiyasida 
(standartning tijorat nomlanishi - TDMA) kiritildi. Ushbu versiya 1994 yilda 
ishlab chiqildi va 1996 yildan boshlab ishlatila boshladi. Bunda TDMA 


standartining AMPS/D-AMPS standartlari bilan moslashuvi saqlab qolindi
ammo boshqarish kanali sig‘imi oshirildi hamda tizimning funksional 
imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. 
GSM standarti texnik takomillashtirishni davom ettirib, (ketma-ket 
kiritilgan 1, 2 va 2+ fazalar) 1989 yilda yangi 1800MGs chastota diapazonini 
o‘zlashtira boshladi. GSM-1800 tizimining avvalgi GSM-900 tizimidan farqi 
ko‘proq texnik jihatdan emas, balki texnik yechimlar asosidagi marketing 
yutuqlaridan iborat edi, ya’ni kichik o‘lchamli yacheykalar (sotalar) bilan 
birgalikda, kengroq diapazondagi ishchi chastotalar polosasida ishlash natijasida 
anchagina katta sig‘imli sotali tarmoqlar qurish imkoniyatini berdi. Nisbatan 
ixcham (kompakt), yengil, qulay va arzon abonent terminallarini ishlab chiqish 
natijasida mobil aloqa tizimidan foydalanish ommaviy tus olishiga erishildi. 
GSM-1800 standarti (asosan GSM-900 standartiga qo‘shimchalar ko‘rinishda) 
1990-91 yillarda Yevropada ishlab chiqildi va DCS-1800 (ingl. Digital Cellular 
System- ―Raqamli sotali aloqa tizimi‖) nomini oldi. Standart dastlab (1993 
yillarda) PCN (ingl. Personal Communication Network - ―Personal aloqa 
tarmog‘i‖) nomi bilan ham yuritildi. Keyinchalik esa (1996 yilda) standartni 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling