4-ma’ruza 9-bob. Mahsulot ishlab chiqarish va davr xarajatlari tahlili


-BOB. Moliyaviy va operatsion boshqaruv tizimida marjinal tahlil


Download 192.01 Kb.
bet19/25
Sana24.12.2022
Hajmi192.01 Kb.
#1061865
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
4-mavzu(Ma\'ruza)

11-BOB. Moliyaviy va operatsion boshqaruv tizimida marjinal tahlil


11.1.Moliyaviy natijalar, foyda va rentabellikni ifodalovchi ko’rsatkichlar tahlilining ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari.
11.2.Umumiy moliyaviy natijalar, ularning tarkibi, tuzilishi va ko’rsatkichlarning bir-biri bilan bog’liqligi.
11.3.Moliyaviy natija, foyda va rentabellik ko’rsatkichlarini baholash va tahlil qilish yo’llari.
11.4.Xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyatidan olingan daromadlari tahlili.
11.5.Marjinal foyda tahlili.


11.1.Moliyaviy natijalar, foyda va rentabellikni ifodalovchi ko’rsatkichlar tahlilining ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat uzluksizligi, rivoji va taraqqiyotini ta‘minlab beruvchi asosiy manba bu foyda hisoblanadi. Foyda nafaqat biznesni harakatga keltiruvchi kuch, balki uni istiqbolda raqobatdoshligini ta'minlashning, moliyaviy barqarorligini o‘stirishning ham zaruriy sharti hisoblanadi. Foydaga ishlash korxonaning yashovchanligini oshirishning, risklarga bardoshliligini ta‘minlashning muhim vositasidir.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning, foyda va zararlarning shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari baholanadi, natijaviy ko‘rsatkichlaming omilli tahlili o‘tkaziladi, imkoniyatlari o‘rganiladi, natijaviylikni yaxshilashning chora-tadbirlari belgilanadi. Shuningdek, korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili amalga oshiriladi.
Foyda yoki zarar - bu boshqa umumlashgan daromadning tarkibiy qismlaridan tashqari jami daromaddan xarajatlar chegirilganidan keyingi qolgan natijasidir.34
Jami daromad - bu davr mobaynidagi operatsiyalar va boshqa hodisalar natijasida kapitalda yuzaga keladigan o‘zgarishlardir. Jami umumlashgan daromad —foyda yoki zarar”ning hamda “boshqa umumlashgan daromad”ning barcha qismlarini qamrab oladi.35
Umumlashgan daromad - foyda va zararlarning barcha manbalaridan to‘plangan natijadir.


Download 192.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling