Loyihalash vositalarining 4 ta sinfi
Loyihalash vositalarining birinchi sinfiga operatsion vositalar kirib, ular axborotlarni qayta ishlash operatsiyalarini quvvatlab turadi. Ushbu vositalar sinfiga quyidagilar kiradi:
- algoritmik tillar;
- standart qismdasurlar va obyekt sinflari kutubxonasi;
- makrogeneratorlar;
- ma’lumotlarni qayta ishlash tipli operatsiyalar dasturlari generatorlari;
- funksiyalar operatsion tizimlarini kengaytiruvchi vositalar va hokazo.
Shunday qilib, bu sinf vositalari AT larini loyihalashning ayrim operatsiyalari quvvatlab turadi va bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan holda foydalanishi mumkin.
Loyihalash vositalarining ikkinchi sinfi AT lari loyihasining ayrim komponentalarini loyihalashni quvvatlab turadi. Ushbu sinfga quyidagi umumtizim maqsadidagi vositalar kiradi:
- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT yoki SUBD);
- usullarga mо‘ljallangan amaliy dasturlar paketlari (diskret dasturlash, matematik statistika masalalarini yechish va hokazo);
- jadvalli protsessorlar;
- statistik amaliy dasturlar paketlari;
- ekspert tizimlar qoplamalari;
- grafik muharrirlar;
- matnli muharrirlar;
- integirlashgan amaliy dasturlar paketlari.
Loyihalash vositalarining uchinchi sinfi AT lari loyihalari bо‘limlarini loyihalashni quvvatlab turadi. Ushbu sinflarda loyihalashning funksional vositalari alohida ajratiladi va ular funksiyalarni, masalalar kompleksini va boshqarish masalalarini amalga oshirishga qaratilgandir.
Loyihalash vositalarining tо‘rtinchi sinfi loyihalash jarayonining bosqich va bо‘g‘inlaridagi loyihalarni quvvatlab turadi. Ushbu sinflarga AT larini loyihalashning avtomatlashtirish vositalari kiradi (CASE-vositalar).
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayot sikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayot sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. YA’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni tо‘xtatishgacha bо‘lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AAT ning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |