4-ma’ruza. Axborot tizimlarini loyihalash va uning bosqichlari. Intellektual axborot tizimlarini yaratishning prinsiplari
Download 127.5 Kb.
|
4-Маъруза-Инт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obyektni о‘rganish
- Texnik-iqtisodiy asosnoma
1. Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlili). Bunga mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AAT ga nisbatan qо‘yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish kiradi.
Obyektni о‘rganish – bu mavjud axborotni qayta ishlash tizimini о‘rganish va diagnostik tahlili qilishdir. Obyektni о‘rganish asosida hosil qilingan materiallar quyidagi holatlarda foydalaniladi: - ishlab chiqishni asoslash va uni bosqichma-bosqich tatbiq etishda; - tizimni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni tuzishda; - tizim texnik va ishchi loyihalarini ishlab chiqishda. Obyektni о‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlanishi kerak: - nimtizimlar tarkibi va masalalar rо‘yxatini aniqlash uchun instruktiv-uslubiy va direktiv materiallar; - masalalar yechishning yangi usullarini qо‘llash imkoniyatlari. Obyektni о‘rganish jarayonida hujjatlar formalari albomini yaratish va har bir hujjatning juda zarur xarakteristikalari о‘rnatiladi, ya’ni: - hujjatlashtirish tizimi – unga hujjatlar kiradi (konstruktorlik, texnik, hisobot-statistik, birlamchi-hisob); - hujjat formasi – qо‘lda tо‘ldirish uchun bu blank, mashina uchun esa ekran formasi; - hujjatning rekvizitli tarkibi yoki mashinali tashuvchida axborotlar massivini yozish strukturasi; - hujjatdagi axborot hajmi xarakteristikasi – hujjat nusxalari soni, belgilangan vaqt oralig‘ida hujjatdagi qatorlar soni; - hujjat almashuvi sxemasi – protseduralar tarkibi va ularning bajarilish ketma-ketligi. Obyektni о‘rganishni о‘tkazish tartibi: - Rahbarlar va javobgar shaxslar bilan ishchi seminarlar о‘tkazish. - Topshiriqni bajarishga tayyorlanish uchun tashkiliy ishlarni olib borish. - Materiallarni tо‘plash. - Ma’lumotlarni loyihachilarga uzatish. Texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) nomi bilan ataluvchi obyektni о‘rganish hisobotida quyidagilar kо‘rsatiladi: - korxona moddiy-texnik bazasi xarakteristikasi; - kategoriyalari bо‘yicha ishchilar soni; - korxonaning asosiy texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari va mahsulot realizatsiyasi; - bо‘limlar funksiyalari va lavozimdagi shaxslar haqidagi qisqacha ma’lumot; - axborot oqimi sxemasi vadavrlar bо‘yicha axborot hajmi; - hujjatlarning harakatlanish sxemasi; - boshqaruv bо‘g‘ini mehnatini avtomatlashtirish darajasi va boshqaruv usullari haqida ma’lumot. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling