4-ma’ruza. Axborot tizimlarini loyihalash va uning bosqichlari. Intellektual axborot tizimlarini yaratishning prinsiplari


Download 127.5 Kb.
bet5/8
Sana11.01.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1088813
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Маъруза-Инт

1. Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlili). Bunga mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AAT ga nisbatan qо‘yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish kiradi.
Obyektni о‘rganishbu mavjud axborotni qayta ishlash tizimini о‘rganish va diagnostik tahlili qilishdir. Obyektni о‘rganish asosida hosil qilingan materiallar quyidagi holatlarda foydalaniladi:
- ishlab chiqishni asoslash va uni bosqichma-bosqich tatbiq etishda;
- tizimni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni tuzishda;
- tizim texnik va ishchi loyihalarini ishlab chiqishda.
Obyektni о‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlanishi kerak:
- nimtizimlar tarkibi va masalalar rо‘yxatini aniqlash uchun instruktiv-uslubiy va direktiv materiallar;
- masalalar yechishning yangi usullarini qо‘llash imkoniyatlari.
Obyektni о‘rganish jarayonida hujjatlar formalari albomini yaratish va har bir hujjatning juda zarur xarakteristikalari о‘rnatiladi, ya’ni:
hujjatlashtirish tizimi – unga hujjatlar kiradi (konstruktorlik, texnik, hisobot-statistik, birlamchi-hisob);
hujjat formasi – qо‘lda tо‘ldirish uchun bu blank, mashina uchun esa ekran formasi;
hujjatning rekvizitli tarkibi yoki mashinali tashuvchida axborotlar massivini yozish strukturasi;
hujjatdagi axborot hajmi xarakteristikasi – hujjat nusxalari soni, belgilangan vaqt oralig‘ida hujjatdagi qatorlar soni;
hujjat almashuvi sxemasi – protseduralar tarkibi va ularning bajarilish ketma-ketligi.
Obyektni о‘rganishni о‘tkazish tartibi:
- Rahbarlar va javobgar shaxslar bilan ishchi seminarlar о‘tkazish.
- Topshiriqni bajarishga tayyorlanish uchun tashkiliy ishlarni olib borish.
- Materiallarni tо‘plash.
- Ma’lumotlarni loyihachilarga uzatish.
Texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) nomi bilan ataluvchi obyektni о‘rganish hisobotida quyidagilar kо‘rsatiladi:
- korxona moddiy-texnik bazasi xarakteristikasi;
- kategoriyalari bо‘yicha ishchilar soni;
- korxonaning asosiy texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari va mahsulot realizatsiyasi;
- bо‘limlar funksiyalari va lavozimdagi shaxslar haqidagi qisqacha ma’lumot;
- axborot oqimi sxemasi vadavrlar bо‘yicha axborot hajmi;
- hujjatlarning harakatlanish sxemasi;
- boshqaruv bо‘g‘ini mehnatini avtomatlashtirish darajasi va boshqaruv usullari haqida ma’lumot.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling