4-ma’ruza. Axborot tizimlarini loyihalash va uning bosqichlari. Intellektual axborot tizimlarini yaratishning prinsiplari


Download 127.5 Kb.
bet2/8
Sana11.01.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1088813
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Маъруза-Инт

Loyihalar klassifikatsiyasi
Loyihalar bir-biridan qо‘llanilayotgan sohalari, tarkibi, predmet sohasi, masshtabi, muddati, qatnashuvchilar soni, murakkabligi darajasi, natijalarning muhimligiga va hokazolarga qarab keskin farqlanadi. Loyihalar turli belgilarga qarab sinflarga bо‘linishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin, ya’ni loyiha sinfi, loyiha tipi, loyiha masshtabi.
Loyiha sinfi loyihaning tarkibi va strukturasi bо‘yicha aniqlanadi. Odatda quyidagi sinflarni kо‘rsatish mumkin:
- monoloyiha – bu alohida loyiha bо‘lib, u istalgan tipli, kо‘rinishli va masshtabli bо‘lishi mumkin;
- multiloyiha – bu kompleks loyiha bо‘lib, u bir qator monoloyihalardan iborat bо‘ladi va multiloyiha boshqaruvini talab qiladi.
Loyiha tipi asosiy faoliyat sferalari bо‘yicha aniqlanib, ularda loyiha yaratish amalga oshiriladi. Loyihalarning quyidagi beshta tipini ajratish mumkin:
- texnik;
- tashkiliy;
- iqtisodiy;
- ijtimoiy (sotsial);
- aralash.
Axborot tizimlarini ishlab chiqish kо‘proq texnik loyihalarga kiritiladi. Bunday loyihalarda ikkita xususiyat mavjud. Birinchidan, loyihaning maqsadi aniq belgilangan, ammo ayrim maqsadchalar xususiy natijalarga erishish jarayonida qayta kо‘rib chiqilishi mumkin bо‘ladi. Ikkinchidan, loyihaning tugallash va davom etish muddatlarioldindan aniqlangan bо‘lib, ularning aniq bajarilishiga erishish lozim va ish jarayonida ularga о‘zgartirishlar ham kiritish mumkin bо‘ladi.
Loyiha masshtabi byudjet о‘lchami va qatnashuvchilar soni bilan aniqlanib, quyidagilarga bо‘linadi:
- mayda loyihalar;
- kichik loyihalar;
- о‘rtacha loyihalar;
- katta loyihalar.
Shuningdek, loyiha masshtablarini aniqroq formada ham kо‘rish mumkin, ya’ni sohaviy, korporativ, vedomstvali va bir korxona loyihasi.
Axborot tizimlarini loyihalash texnologiyasi – bu axborot tizimlarini loyihalashdagi uslubiyot va vositalar, shuningdek loyihalashni tashkil etish usul va vositalari tо‘plamidir.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling