4-ma’ruza. Axborot tizimlarini loyihalash va uning bosqichlari. Intellektual axborot tizimlarini yaratishning prinsiplari


Download 127.5 Kb.
bet7/8
Sana11.01.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1088813
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Маъруза-Инт

5. Ekspluatatsiya (kuzatib qо‘yish, modernizatsiyalashtirish). Bunga kundalik ekspluatatsiya, dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AAT ning ishi tо‘g‘risida statistik ma’lumotlar yig‘ish, xato va kamchiliklarni tо‘g‘rilash, AATni modernizatsiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish kiradi.
Axborot tizimining hayot sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayot siklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha о‘zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va hujjatlar tо‘plami shakllanadi.
Avtomatlashgan loyihalash tizimi. Bundan 60 yil muqaddam paydo bо‘lgan avtomatlashgan loyihalash tizimi (ALT) о‘z mazmunini о‘zgartirib, uzluksiz tadrijiy rivojlandi. Dastlab u tugal avtomatlar metodining strukturali tahlili bilan bog‘landi. Keyinchalik asosiy e’tibor avtomatlashgan loyihalashga qaratildi.
Loyihalash jarayonida juda ulkan grafik axborotni qayta ishlashga tо‘g‘ri keladi. Uni yaratish va qayta ishlash ikki tarkibiy qism: bir tomondan, sistemali va mantiqiy loyihalash va ikkinchi tomondan, konstruktorlik loyihalash hamda chizmachilikdan tashkil topadi. Bu ikkala bosqich juda mayda ishlarni о‘z ichiga oladiki, ular avtomatlashtirilishi mumkin. Ayniqsa, ikkinchi bosqichda mayda ishlar hajmi ancha kо‘p.
Loyihalash jarayoni nafaqat ishlab chiqaruvchi tomonidan ayrim yangi axborotni yaratishni, balki loyihalash maqsadlarini о‘rganishni о‘z ichiga oluvchi muammoni tahlil etish, tanqidiy parametrlarni aniqlash va mavjud omillarni hisobga olish, kо‘zda tutilgan maqsadlar, loyihalashni tanlash, bog‘liq joylar va komponentlarni hisob-kitob qilish, alohida jarayonlarni modellash, natijalarni u yoki bu shaklda namoyish etishni ham о‘z ichiga oladi. Bu barcha bosqichlar avtomatlashgan loyihalash mazmunini tashkil etadi.
ALT ning texnik vositalari tarkibi iqtisoslashgan va loyihalash jarayonida talab etiladigan barcha qurilmalar (grafik axborotni hisoblash qurilmalari, grafik va alifboli-raqamli displeylar)ni qamrab oladi. ALT dan qurilma vositasi sifatida foydainish maxsus loyihalash mutaxassislarini tayyorlashni talab etadi.
ALT ni qо‘llashning eng kо‘p tarqalgan sohalari quyidagilardir:
- loyihalash jarayonida ilmiy-tadqiqotlarni avtomatlashtirish;
- mahsulotlarni sintez qilish vazifalari;
- shakllarni loyihalash, jamlash, belgilash;
- foydalanishda obyektlarni modellash;
- muhandislik-texnik va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
- loyiha hujjatlarini tayyorlab chiqarish;
- smetalar hisob-kitobini avtomatlashtirish;
- texnologik hujjatlarni (marshrutlar, xaritalar, qayta ishlash rejimlari) tayyorlab chiqarish;
- raqamli dasturiy boshqaruvga ega stanoklar uchun dasturlarni shakllantirish.
Bugungi loyihalash amaliy dasturlar paketlari (ADP) juda samaralidir, chunki ular konkret loyiha talablariga muvofiq turli komponentlarni о‘rnatish, boshqa joyga kо‘chirish va qayta taqsimlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ular loyiha ishlab chiquvchiga keng kо‘lamda harakatlar erkinligini beradi va optimal variantni olish vaqtini ancha qisqartiradi. Masalan, MicSoft firmasining MatCAD paketi interaktiv rejimda displey ekranida qulay vazifalarni amalga oshirish, tahrir qilish va aks ettirish, shuningdek tahliliy yoki grafik shaklda berilgan tenglamalarni yechishga imkon yaratadi. Yaratilgan grafiklarga istalgan tushuntiruvchi matn kiritilishi mumkin, grafiklarning о‘zi esa ma’lumotlar bazasida saqlanadi va istalgan matnli hujjatda keyinchalik ham mavjud bо‘ladi. MatCAD tizimi trigonometrik funksiyalarga ega bо‘lib, masalan, Si xalqaro tizimidan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari qurilgan sintaksik analizatori kiritilayotgan formulalarning sintaksik jihatdan tо‘g‘riligini tekshiradi.



Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling